Özbekistonlik hakamlar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionatida iştirok etadi. Bu haqda FIFA (.pdf) e’lon qildi.
Jahon çempionatida boş hakam sifatida iştirok etadigan 52 nafar şaxs orasida Ilgiz Tantaşev bor. Şuningdek, unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Ilgiz Tantaşev 42 yoşda, faoliyatini qanot hakami sifatida boşlagan. Keyinçalik Buxoro şahri vakili sifatida Özbekiston çempionati öyinlarida boş hakam böldi. Şuningdek, Saudiya Arabistoni va Hindiston çempionatlari öyinlarini boşqarişga taklif qilindi.
2013 yildan FIFA hakami. 2014 yilda xalqaro darajadagi hakamlikni boşladi va OFK Kubogida, keyingi yili esa OFK Çempionlar ligasida debyut qildi. 2016, 2020, 2022 yillarda 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionati öyinlarini boşqardi. 2019 yilgi yoşlar örtasidagi jahon çempionatida zaxira hakami böldi. 2019 va 2023 yillardagi Osiyo Kuboklarida boş hakam sifatida işladi. 2021 yil yakunlariga köra, Özbekistonning eng yaxşi hakami deb topildi.
2024 yilda Tantaşev Parijdagi Olimpiya öyinlari öyinlarini boşqarişga taklif qilindi. Marokaş va Ispaniya olimpiya jamoalari örtasidagi yarimfinal öyinida 12-daqiqada himoyaçi Mark Pubil bilan töqnaşib, jarohat oldi. Oqibatda, öyinning qolgan qismini Glenn Nyuberg (Şvetsiya) boşqargan edi.
Jahon çempionati öyinlari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksika maydonlarida bölib ötadi.













