Farğona viloyatidan Söx tumaniga eng qisqa yöl orqali borişni ta’minlaydigan yangi avtomobil yöli qurilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda prezident rahbarligida ötgan va Söx tumaniga bağişlangan yiğilişdan söng Avtomobil yöllari qömitasi raisi Jamşid Tursunov ma’lum qildi.
Uning aytişiça, prezident tomonidan Söx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça aniq topşiriqlar berilgan. Xususan, tumandagi mavjud yöl tarmoğini töliq tartibga keltiriş, ta’mirtalab uçastkalarni yangilaş böyiça çoralar köriladi.
«Tumanda 500 kilometrga yaqin avtomobil yöllari mavjud. Şundan 100 kilometri umumfoydalanuvdagi yöllar, 400 kilometrga yaqini esa mahalliy va içki yöllardan iborat. Eng asosiy vazifamiz uşbu yöl tarmoğida muammolarni bartaraf etiş va ta’mirtalab qismlarni töliq tiklaşdir», dedi Tursunov.
Şuningdek, qömita raisi Farğona viloyatini Söx bilan boğlovçi yangi yöl qurilişi masalasiga töxtaldi. Uning sözlariga köra, yangi trassa Özbekiston tumani orqali ötadigan eng qisqa yönaliş böyiça barpo etilişi közda tutilgan.
«Bizga eng qisqa masofa orqali yangi trassa quriş topşiriği berildi. Hozir loyiha taşkilotlari bilan joyiga çiqib örganiş işlari olib borilmoqda. Qöşni davlatlar bilan hamkorlikda uşbu loyihani amalga oşiriş böyiça muzokaralar ötkazib, yaqin vaqt içida aniq yeçimlar asosida işlarni boşlaymiz», deb qöşimça qildi u.
Ma’lumot uçun, Söx — Farğona viloyatining mustaqil tumani bölib, Qirğiziston hududi bilan töliq öralgan. Tuman Özbekiston uçun eksklav, Qirğiziston uçun anklav hisoblanadi.












