Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 11 aprel kuni Nomzodlar turnirining 11-turida amerikalik Fabiano Karuanaga qarşi qora donalarda öynadi.

Bahs durang bilan yakunlandi. Sindorov birinçi davrada oq donalarda öynab, dunyoning 3-raqamli şaxmatçisidan ustun kelgandi.

Özbekistonlik şaxmatçi uşbu turdan söng 8,5 oçko bilan peşqadam bölib turibdi.  Uning eng yaqin ta’qibçisi, niderlandiyalik Aniş Giri hisobida 6,5 oçko bor.

12-tur bahslari 12 aprel kuni bölib ötadi. Unda Sindorov amerikalik Hikaru Nakamuraga qarşi dona suradi.

Nomzodlar turniri yakunlanişiga yana 3ta tur qoldi. Musobaqa ğolibi 70 ming yevro mukofotni qölga kiritadi va şaxmat toji uçun amaldagi çempion hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi öynaş huquqini qölga kiritadi.