Florida ştatidagi federal sudya AQŞ prezidenti Donald Trampning media magnat Rupert Merdok va The Wall Street Journal (WSJ) naşriga qarşi 10 milliard dollarlik da’vosini rad etdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Da’vo Trampning moliyaçi Jyeffri Epşteynga 50 yoşga tölişi munosabati bilan yuborgan behayo maktubi haqidagi maqola bilan boğliq edi.

Sudya Darrin Geyls da’voni rad etişga qaror qildi, çunki Tramp javobgarlarning «yovuz niyati» borligini işonçli tarzda isbotlay olmadi - bu ommaviy şaxs da’vogar bölgan işlarda majburiy şart hisoblanadi. Şu bilan birga, sud Trampga özgartirilgan da’vo taqdim etişga ruxsat berdi.

Qarorda ta’kidlanişiça, maqola e’lon qilinişidan oldin jurnalistlar Tramp, FTB va Adliya vazirligidan izoh söragan. Prezident Tramp rad javobini bergan, Adliya vazirligi umuman javob bermagan, FTB esa izoh berişdan boş tortgan.

«Qisqasi, da’vo va maqola javobgarlarning tergov ötkazişga harakat qilganini tasdiqlaydi», dedi sudya.

2024 yil iyul oyida sud muhokamasiga sabab bölgan materialda WSJ naşrining yozişiça, Tramp 2003 yilda Epşteynning 50 yoşga tölişi munosabati bilan unga behayo suratli maktubni yuborgan.

Tramp bunga izoh berarkan, xat va rasmning muallifligini rad etib, heç qaçon bunday matnlarni yozmaganini va rasm çizmaganini aytdi. Şuningdek, u material e’lon qilingan taqdirda naşrni sudga beriş bilan tahdid qildi.

2008 yilda moliyaçi Jyeffri Epşteyn fohişabozlikni taşkil etişda aybini tan oldi va yengil jazo oldi. 2019 yilda u voyaga yetmaganlar savdosida ayblanib, yana hibsga olindi. Şu yilning avgust oyida moliyaçi qamoqxonada öz joniga qasd qildi.