AQŞ Eronga qarşi «Epik qahr» harbiy operatsiyasini «Iqtisodiy qahr» operatsiyasi bilan töldiradi. Şu tariqa Vaşington Tehronga maksimal iqtisodiy bosim ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Hegset jurnalistlar uçun brifingda ma’lum qildi.

«Şu bilan birga, AQŞ moliya vaziri Skott Bessent <...> «Iqtisodiy qahr» operatsiyasini boşlab, butun (Amerika) hukumati doirasida (Eronga) iqtisodiy bosimni maksimal darajaga olib çiqmoqda», dedi Hegset. Şu bilan birga, u AQŞ jangovar harakatlarni qayta boşlaşga tayyorligini aytdi, «lekin yanada kuçliroq şaklda». Pentagon rahbari Eron portlarini blokada qiliş «qança kerak bölsa şunça vaqt» davom etişini ta’kidladi.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi operatsiyasi 28 fevral kuni boşlandi. 7 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi. Isroil ham öt oçişni töxtatiş tartibiga qöşildi. 11 aprel kuni Vaşington va Tehron muzokaralar ötkazdi, biroq kelişuvga erişolmadi. Ertasi kuni Donald Tramp Eron portlari Amerika kuçlari tomonidan qamal qilinganini e’lon qildi. Oq uy ma’lumotlariga köra, AQŞ Eron bilan muzokaralarning ikkinçi raundini ötkaziş imkoniyatini muhokama qilmoqda.