Bolalarni öldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otişmalar tafsiloti
|04:32 / 17.04.202613 9379 min
14 aprel kuni Turkiya janubidagi litseyda yuz bergan otişmada kamida 16 kişi jarohatlandi. Ertasi kuni Qahramonmaraşdagi boşqa maktabda 8 sinf öquvçisi kamida 9 kişini otib öldirdi.
Qahramonmaraşdagi otişma bölgan örta maktab / Foto: Getty Images
Turkiya politsiyasi şu haftada sodir bölgan ikki maktabdagi mudhiş otişma haqida internetda munozarali kontent joylaştirgan 100 dan ortiq şaxslarni hibsga oldi. Politsiyaning ma’lum qilişiça, ular «jamoat tartibiga salbiy ta’sir körsatuvçi faoliyat bilan şuğullanganiş va postlar joylaşda» ayblangan.
Xususan, hujumlardan keyin internetdagi xatti-harakatlar böyiça hukumat xavotirlari ortidan 95 nafar şaxs hibsga olingan.
Turkiya Adliya vaziri Akin Gurlekning ma’lum qilişiça, ular efirga uzatiş taqiqlanganiga qaramay, hujumga oid kadrlarni tarqatiş, vahima uyğotişi mumkin bölgan kontentni ulaşişda ayblanmoqda. Şuningdek, ularga huquqbuzarlikka undaş, notöğri ma’lumotlarni tarqatiş ayblovlari ham qöyilgan.
BBC naşrining yozişiça, yana 67 kişi boşqa maktablarda ham hujumlar amalga oşirilişiga işora qiluvçi postlarni ulaşgani uçun hibsga olingan. Vazirga köra, uşbu qotilliklar ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi 1100dan ortiq profil va hisoblarga çeklov qöyilgan.
Qahramonmaraşdagi hujum oldindan rejalaştirgan
Turkiyani larzaga solgan qotillik 15 aprel kuni Qahramonmaraş hududidagi Ayser Çalik örta maktabida sodir böldi. 14 yoşli öquvçi kamida töqqiz kişini, jumladan, sakkiz nafar maktabdoşini va bir öqituvçini otib öldirdi. Şuningdek 13 kişi yaralangan, ularning olti nafari oğir ahvolda.
Foto: Reuters
Qahramonmaraş gubernatori Mukerrem Unluerning aytişiça, otişmani sodir etgan şaxs töpolon vaqtida özini otib öldirgan.
«Sakkizinçi sinf öquvçisi sumkasida 5 ta qurol va 7 ta öqdon (magazin) bilan kelgan. Bizningça, ular uning sobiq politsiyaçi bölgan otasiga tegişli. U beşinçi sinf öquvçilari bölgan ikkita sinfga kirib, heç kimni ajratmasdan ölim va jarohatlarga sabab bölgan»
Tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda maktab hududida öq ovozlari eşitilayotgani, şu vaqtda bir neça öquvçilar derazadan sakrab qoçayotgani körinadi. Maktabdagi videokuzatuv kameralarida esa hujumçi yölakdagi ikki öquvçini otib taşlagani aks etgan. Qurolli hujumçi kirgan beşinçi sinf öquvçilari 10-11 yoşda bölgan.
At least four people have been killed and more than 20 wounded in a school shooting at a secondary school in southern Turkiye.
It comes a day after at least 16 people were injured during a shooting at another high school, also in the south of the country. pic.twitter.com/MghqgniXyj
Keyinroq, mahalliy prokuratura gumonlanuvçi hujumni oldindan rejalaştirganini ma’lum qildi. «Raqamli materiallarni tekşiriş davomida gumonlanuvçining kompyuteridan 2026 yil 11 aprel sanasi bilan qayd etilgan, u yaqin kelajakda yirik operatsiya ötkaziş niyatida ekanligini körsatuvçi hujum topildi», deyiladi bayonotda.
Politsiya ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi özining WhatsApp profilidagi suratida amerikalik ommaviy qotil Elliot Rodjyerga işora qilgan. Rodjyer 2014 yilda Kaliforniyada öz joniga qasd qilişdan oldin olti kişini öldirgan edi.
Turkiya içki işlar vaziri Mustafa Çiftçi uşbu fojiani «öquvçilarimizdan biri amalga oşirilgan xususiy hujum holati bölib, u terrorçilik hodisasi emas», dedi.
Hujumçining ota-onasi körsatma berdi
Xavfsizlik boş boşqarmasining ma’lum qilişiça, payşanba kuni hujumçining otasi va onasi ham hibsga olingan. Öğli tomonidan foydalanilgan töpponça va öq-dorilar öziga tegişli ekanini aytgan ota, uning yetti dona ruxsat etilgan öqotar quroli va ikkita ov miltiği bölganini ma’lum qildi. BBC Turk xizmati dastlabki tergov tafsilotlarini keltirdi.
Otaning ta’kidlaşiça, u uşbu qurol va öq-dorilarni alohida qulflangan qutilarda saqlagan. Biroq hujum kuni öğli ulardan beştasini olib ketgan. U öğli ularni qanday oçganini yoki ulardan foydalanişni qanday örganganini bilmasligini aytdi.
Turk OAVlarida Qahramonmaraşdagi 14 yoşli hujumçi ekani aytilayotgan yigitning rasmi tarqalmoqda
Tergov doirasida körsatma bergan ota öğlining internetni juda yaxşi tuşunişi, «özining şaxsiy VPN'idan» foydalanişi va juda aqlli ekanini ta’kidlagan. «Öğlimda ösmirlarga xos odatiy stress va imtihonlar bilan boğliq muammolar bor edi», dedi u.
Hujumçi onasining aytişiça, boşqa psixologlar öğlida «jamiyatga moslaşişda muammolar yuzaga kelişi mumkinligi va nazorat talab etilişini» aytgan.
Otaning aytişiça, uning öğli sönggi paytlarda psixologga borişni xohlamay qöygan. Biroq bir oy oldin unda qurolga nisbatan qiziqiş ortgan. Şundan keyin u öğlini politsiya öq otiş poligoniga borib, öz qurolidan otişga ruxsat bergan.
Şuningdek, uning onasi öğli interaktiv öyinlar öynaşini, ularga heç narsani körsatişni xohlamasligini, ingliz tilida gaplaşişini va u nima deyilayotganini tuşunmaganini aytgan.
Siverekdagi hujum
16 kişi jarohatlangan boşqa bir hujum – 14 aprel kuni Siverek tumanidagi Ahmet Köyunçu nomli kasb-hunar va texnika litseyida yuz bergan. Viloyat gubernatori Hasan Şildakning sözlariga köra, ösmir yoşidagi hujumçi ov miltiğidan «heç kimni ajratmasdan öt oçgan». Politsiya tomonidan qurşovga olinganidan» söng hujumçi uşbu qurol bilan özini öldirgan.
Siverekdagi hujum kuzatuv kameralariga tuşib qolgan
Rasmiylarga köra, bu maktabda jarohatlanganlar orasida 10 nafar öquvçi, tört nafar öqituvçi, oşxona xodimi va bir nafar politsiya xodimi bor.
Uşbu hujum sabablari ham hozirça ma’lum emas, tergov harakatlari boşlangan. Hujumçining sudlanganlik holati bölmagan va politsiya maktabni xavfsiz deb hisoblagan.
BBCning mahalliy OAVlarga tayanib yozişiça, hujumçi yaqinda maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «bir neça kundan keyin» hujum bölişi bilan tahdid qilingan postlar qoldirgan.
🚨SHOCKING | SCHOOL SHOOTING IN TURKIYE LEAVES 16 INJURED
16 people injured after 17 year old ex-student open fired at a high school in south-eastern Turkiye. He later died by killing himself. Authorities have launched an investigation into the incident pic.twitter.com/OMxUmf31zN
Guvohlardan biri şunday dedi: «U taxminan 17-18 yoşlardagi bola edi. Tösatdan maktabning old darvozasidan kirib keldi. Kirişi bilan qurolini çiqardi va darhol öt oça boşladi. Keyin maktab binosiga yugurib kirdi va qarşisidan çiqqan har bir kişini ota boşladi».
Jarohatlangan öquvçilardan biri Ömer Furkanning aytişiça, qurollangan şaxs kamida ikkita sinfga, jumladan uning sinfiga ham kirgan.
«Avval özimizni yerga taşladik, ikki kişi derazadan sakrab qoçdi. U bizga heç narsa demadi, şunçaki içkariga kirdi-yu, öt oça boşladi», dedi u.
Foto: Reuters
Şanliurfa gubernatorligi ma’muriyati bayonotiga köra, hodisani tergov qiliş uçun Içki işlar vazirligi va Milliy ta’lim vazirligidan inspektorlar yuborilgan.
«Tergovning tegişli tarzda ötkazilişini ta’minlaş maqsadida» tuman politsiyasi boşliği va tuman milliy ta’lim boşqarmasining ikki nafar xodimi öz lavozimidan çetlatilgan.
Qurbonlar va qurol bilan boğliq holat
Payşanba kuni bölib yoş qurbonlarning dafn marosimlarida minglab odamlar töplandi. BBCning yozişiça, qurbonlardan biri — 10 yoşli Zaynep bölgan. «Endi u farişta, u uçib ketdi», deydi qizçaning yaqinlari naşrga bergan izohida. Ular hujumdan söng maktablarda himoya çoralarini kuçaytirişni xohlaşmoqda.
Yana bir qurbon ham 10 yoşli qizaloq – Şura. Uning xolasi jiyani halok bölganini yangiliklarda uning ismi öqilganda bilganini aytdi.
Foto: BBC
Turkiyada qurol töğrisidagi qonunlar qattiq bölib, faqat 21 yoşdan oşgan va litsenziyaga ega şaxslarga qurolga egalik qilişga ruxsat beriladi. Biroq, mamlakatda qurollar keng tarqalgan: köplab xavfsizlik xodimlariga qurol olib yuriş va unga egalik qilişga ruxsat berilgan. Şu bilan birga, Turkiyada maktab otişmalari juda kam uçraydigan holat.
Jurnalistlarning uşbu haftadagi otişmalardan söng rasmiylar biron-bir çora köradimi, deya içki işlar vaziri Mustafa Çiftçiga savol berdi. U tafsilotlarga töxtalmasdan: «Biz zaruriy ehtiyot çoralarini köramiz», dedi.