Bir neça hafta oldin Saudiya Arabistoni va BAA AQŞdan Eronga qarşi amaliyotni oxiriga yetkazişni sörayotgani haqida ma’lumotlar sizdirilgan edi. Lekin keyinroq vaziyat özgarib, ularning pozitsiyasida ehtiyotkorlik ustun böla boşladi. Ayni paytda, Saudiya va BAA arab dunyosida alohida mavqega ega Misrdan ham xursand emas.

Eron uruşi fonida Yaqin Şarqdagi manfaatlar manzarasi – Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida.

— Nega Saudiya Arabistoni AQŞdan Hörmuz blokadasini töxtatişni sörayapti?

Jahongir Akramov: Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklarining Eronga nisbatan munosabati jiddiy bölib qolmoqda, ular Körfaz mintaqasida Eronga raqib sifatida qaraydi. Bu qarama-qarşilikni faqat mazhabiy (şia-sunniy) doirada emas, balki kengroq geosiyosiy kontekstda tuşuniş kerak.

Masalan, Iroq yoki Suriyada şialarning hokimiyat tepasiga kelişi Eron ta’sirining kuçayişiga olib keladi degan xavotirlar mavjud edi. Şu sababli, etnik jihatdan arab, ammo mazhaban şia bölgan hududlarda Eron ta’sirining ortib ketişiga yöl qöymaslik uçun ma’lum darajada muvofiqlaştirilgan harakatlar kuzatilgan.

Şuni unutmaslik kerakki, Eronning haddan taşqari kuçayişi Saudiya Arabistoni manfaatlariga zid.

Biroq uruş boşlanganidan beri Ar-Riyod masalaning harbiy yöl bilan emas, balki boşqariladigan tarzda hal etilişini istaydi. Donald Tramp siyosati esa ular kutgandek natija bermayapti. Aksinça, Vaşingtonning harakatlari mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablaştirişi mumkinligi Saudiya Arabistonida xavotir uyğotmoqda. Şu bois “avval Hörmuz böğozi muammosini barqarorlaştiraylik, keyin Eron bilan vositaçilar – Turkiya, Pokiston yoki Misr orqali kelişuvga erişamiz”, degan qaraşlar kuçaymoqda.

Saudiya Arabistoni rahbariyati, xususan, Muhammad bin Salmon atrofidagi tahliliy institutlar ehtimoliy xavflarni puxta hisoblab çiqişga harakat qiladi. Ular Eronning geosiyosiy imkoniyatlari yuqori ekanini yaxşi biladi. Bu imkoniyatlardan biri – Bob al-Mandab böğozi bilan boğliq. Mazkur böğoz Suvayş kanaliga kiriş yöli bölib, Qizil dengizni Hind okeani bilan boğlaydi.

Agar bu yölak yopilsa, nafaqat Misr, balki Saudiya Arabistoni iqtisodiy manfaatlariga ham jiddiy zarba yetadi. Saudiya neft eksportining muhim qismi Qizil dengiz portlari orqali, quruqlik quvurlari yordamida amalga oşirilişini hisobga olsak, bu xavf yanada muhimlaşadi. Agar Yaman husiylari uruşga töliq kirsa va böğozni yopişga harakat qilsa, Saudiya Arabistonining iqtisodiy salohiyati sezilarli darajada zarar körişi mumkin.

Biroq hozirça husiylar töliq miqyosda uruşga qöşilgani yöq. Bu esa Eronning ehtiyotkor strategiyasini körsatadi: u qarama-qarşilik uzoq davom etişini hisobga olib, bu imkoniyatni “zaxira karta” sifatida saqlab qolmoqda. Donald Tramp iborasi bilan aytganda, Eron keyingi zarbalar uçun yana bir “kuziri”ni asrab turibdi.

Şu sababli, mintaqada “boşqariladigan xaos” strategiyasi ustun, ya’ni keskinlik mavjud, ammo u töliq nazoratdan çiqib ketmasligi kerak. Çunki vaziyatning izdan çiqişi Saudiya Arabistoni manfaatlariga mos kelmaydi.

BAAga kelsak, uning pozitsiyasi Saudiya Arabistoninikidan farq qiladi. Saudiya nisbatan mö’tadil va diplomatik yeçim tarafdori bölsa, Amirliklar ança qat’iy pozitsiyani egallagan. Bu ayniqsa Abu Muso, Kiçik Tonb va Katta Tonb orollari atrofidagi hududiy bahslar bilan boğliq. Amirliklar bunday tarixiy imkoniyat yana takrorlanmasligini hisobga olib, keskinroq siyosat yuritişga moyil.

Şunga qaramay, yakuniy muvozanatni belgilayotgan omillardan biri – Misr pozitsiyasidir. Misrning nisbatan bosiq va uruşga qarşi yondaşuvi Saudiya Arabistoni va Amirliklarni töğridan töğri qarama-qarşilikdan tiyib turmoqda. Çunki bu ikki davlatning harbiy salohiyati Misrnikidek emas. Misr tarixan Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan uruş tajribasiga ega. Saudiya Arabistoni va Amirliklar esa asosan Yamandagi harbiy operatsiyalar bilan çeklangan tajribaga ega.

Mintaqadagi vaziyat murakkab muvozanatga asoslangan, har bir tomon öz manfaatini himoya qilgan holda, keng kölamli uruşdan qoçişga harakat qilmoqda.

Sanjarbek Raşidov: Bob al-Mandab böğozi tobora strategik ahamiyat kasb etib, hatto Hörmuz böğoziga öxşaş ikkinçi global “qaynoq nuqta”ga aylanişi mumkin. Buning bir neça sabablari bor. Avvalo, bor-yöği 26,5 kilometr kenglikdagi bu böğoz harbiy jihatdan juda zaif hudud hisoblanadi, ya’ni Yaman husiylarining raketa tizimlari uning deyarli istalgan nuqtasiga bemalol yetib borişi mumkin.

Bugungi kunda Saudiya Arabistoni uruşgaça bölgan neft eksporti hajmini sezilarli darajada tiklaşga erişdi. Bu qanday amalga oşirildi, degan savol tuğiladi, ayniqsa Hörmuz böğozi bilan boğliq xavflar mavjud bölgan şaroitda. Aslida bu natija aynan Bob al-Mandab yönalişidan foydalaniş evaziga qölga kiritildi.

Saudiya Arabistoni majburan eksport yönalişlarini diversifikatsiya qildi: neft zaxiralari çöl hududlari orqali Qizil dengiz portlariga yönaltirildi va şu orqali eksport hajmi 70–80 foizgaça tiklandi. Ma’lumki, Saudiya Arabistoni dunyodagi eng yirik neft eksport qiluvçi davlatlardan biri. Agar hozir ikkala asosiy yönaliş – ham Hörmuz böğozi, ham Bob al-Mandab böğozi bir vaqtning özida blokadaga uçrasa, bu nafaqat Saudiya Arabistoni, balki butun jahon iqtisodiyoti uçun misli körilmagan zarba böladi.

Bunday holat Saudiyaning içki siyosiy barqarorligiga ham jiddiy ta’sir körsatadi, çunki iqtisodiyot hanuz neft daromadlariga katta darajada boğliq. Şu bilan birga, Körfaz monarxiyalari aholisi yuqori turmuş darajasiga örganib qolgan. Ular keng kölamli uruşlarga tayyor emas va bunday ssenariyni istamaydi.

Eron esa, aksinça, uzoq yillardan beri sanksiyalar şaroitida yaşab kelmoqda, doimiy taşqi bosimni his qilib kelgan va şu sababli harbiy-siyosiy safarbarlik darajasi yuqori davlat sifatida şakllangan.

Qiziq jihati şundaki, “Bob al-Mandab” nomi arab tilidan tarjima qilinganda “motam darvozasi” yoki “köz yoşlar eşigi” degan ma’noni anglatadi. Agar Yaman husiylari Eron tomonidan töliq qöllab-quvvatlanib, Qizil dengiz orqali ötuvçi savdo yöllarini yopişga kirişsa yoki tanker va savdo kemalariga hujum qilsa, bu global miqyosda jiddiy iqtisodiy va siyosiy inqiroz – tom ma’noda “motam davri” boşlanişiga sabab bölişi mumkin.

***

Suhbatda Misrning Körfaz arab davlatlari va Isroil bilan munosabatlari hamda Eron uruşi borasidagi pozitsiyasi haqida ham söz bordi. Töliq suhbatni YouTubeʼdagi “Geosiyosat | Kun.uz” kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.