Hafta davomida Eronda uruşni tugatiş böyiça hal qiluvçi muzokaralar ötkazildi. Trampning aytişiça, «Tehron deyarli hamma şartlarga rozi bölgan». Zelenskiy Ukrainaning yangi qurollarini körsatdi, Isroil Livan bilan kelişdi. Quyida haftaning muhim voqealarini eslaymiz.
Eron taslimmi?
Haftaning eng muhim voqeasi Amerika va Eron örtasidagi muzokaralar böldi. Pokiston armiyasi boşliği feldmarşal Asim Munir Eronga Vaşington va Tehron muzokaralaridagi vositaçi sifatida bordi. Juda obröli bu qömondonning taşrifidan keyin muzokaralarda siljiş kuzatildi. Tramp Eron u qöygan «deyarli barça şartlarga roziligi, uruş tez orada tugaşini» aytdi. Şuningdek, vositaçilik uçun arab davlatlari, Pokiston boş vaziri va feldmarşal Asim Munirga alohida minnatdorlik bildirdi. Xususan, Asim Munirni «fantastik inson» deb atadi.
Trampning bayonotlarida aytilayotgan gaplar rost bölsa, bu amalda Eron taslim bölganini anglatadi. Trampga köra, Tehron yarim tonnaga yaqin boyitilgan uranni AQŞga topşirişga, yadro quroli da’vosidan voz keçişga rozi bölibdi. «Eron yadro quroliga ega bölmaslikka rozi böldi. Ular bizga yadroviy çangni topşirişga köndi», deb yozdi Tramp.
Uruş nega boşlandi özi? Amerika Eron yadro quroliga ega böliş arafasida deb hisoblagani uçun. Amerika nega hujum qildi? Eron yadro dasturidan voz keçmagani uçun. Agar Eron Amerika bilan muzokaralarda yadro quroliga ega bölmaslikka roziligini bildirgan bölsa, demak bu Tehron taslim böldi degani. Çunki Eron Isroil va Amerika bilan oxirgi yillarda aynan şu da’vo sabab uruşib kelayotgandi. Lekin öşa gap, agar Tramp rost gapirayotgan bölsa.
Qiziği, Tramp Eron bilan heç qanday yadroviy kelişuv bölişi haqida ham gapirgani yöq. Obama davrida Amerika va Eron yadroviy kelişuv imzolagan, unga köra, Eron uranni boyitişni töxtatgandi. Lekin Tramp öşa kelişuvni buzgan. Endi Eron heç qanday kelişuv, heç qanday bitimsiz yillar davomida maxfiy boyitilgan uranni bizga topşirişga rozi deyapti. Balki Eron özida bor uran miqdorini yaşira olgandir, balki çindan taslim bölayotgandir, buni bir neça yildan keyin bilib olamiz. Lekin hozir Tramp aytayotgan gaplar rost bölib çiqsa, bu amalda oq bayroq kötariş degani.
Sukut namoyişi
Hafta davomida Fransiyada huquq tizimi vakillari yangi islohotdan norozi bölib noodatiy jimlik namoyişi ötkazişdi. Yangi qonun loyihasiga köra, sudyalar gumondor aybini böyniga olsa, iş böyiça birdan hukm çiqariş huquqiga ega böladi. Advokatlar, huquq faollari esa bunday holatda sudlanuvçi özini töliq himoya qilolmaydi, demoqda.
Butun mamlakat böylab «ölik qonunçilik» aksiyalari ötkazildi. Bir guruh advokatlar sud binosiga oğzi boğlangan köyi borib, hukumat qaroriga norozilik bildirişdi.
Ukrain qurollari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat injyenerlari işlab çiqarayotgan qurollarni körsatdi. 56 xil qurolning 7 xili raketa, xususan, olis masofadagi nişonni uradigan raketa, 31 xili turli funksiyadagi dronlar. Şuningdek, Zelenskiy zirhli maşinalar, masofadan boşqariladigan robot qurollar, havo hujumidan mudofaa qurollarini namoyiş qildi. Eng kuçli qurol şubhasiz «Flamingo» raketasi. Bu qurol 3 ming kmgaça nişonlarni ura oladi.
Bu körgazma nimani ifodalaydi deysizmi? SSSRning zax bosgan qurollari bilan uruşga kirib, şaharlarini boy bergan bir davlat köz öngimizda dunyo mudofaa sanoati uçun eng muhim davlatlardan biriga aylanayotganini anglatadi! Uruş ana şunaqa narsa. Örtaga mustaqillik uçun kuraş tikilsa, odam beixtiyor donoga aylanadi.
«Real» va «Barsa» «pişdi»
Hafta davomida Yevropa Çempionlar Ligasida yarimfinal juftliklari aniqlandi. Ispaniya grandlari «Barselona» va «Real» çorakfinalda qolib ketdi. Ularning ikkisi ham birinçi öyinda yengilib, javob bahsida kambekka umid qilgandi. Lekin remontada bölmadi. «Barselona» Madridda «Atletiko»ni 2:1 hisobida yenggan bölsa-da, birinçi öyindagi mağlubiyat (0:2) sabab musobaqani tark etdi.
«Real» Myunhenda «Bavariya» mehmoni bölib juda yaxşi öyin ötkazdi. Biroq Harri Keyn boşçilik «Bavariya» baribir zörlik qildi. Öyin yakunida Eduardo Kamavinga qizil kartoçka olib jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Çetlatişdan keyin «Bavariya» ikkita gol urib ğalaba qozondi. Arda Gulerning ikkita, Mbappening bitta ajoyib goli «Real»ga yordam bermadi. Menimça, hakam Kamavingaga notöğri qizil kartoçka körsatdi. Bunaqa darajadagi öyinlarni bunday qizillar bilan buziş kerak emas. Lekin bu «Bavariya» ğalabasiga soya sola olmaydi. Endi final yöllanmasi uçun «Bavariya» PSJ bilan, «Atletiko» «Arsenal» bilan öynaydi.
Tramp va Papa tortişuvi
AQŞ prezidenti Donald Tramp uruşiş mumkin bölgan barça siyosatçilar bilan uruşib böldi va endi boşqa soha vakillariga ötmoqda. Hafta davomida Tramp kimsan Rim papasi bilan talaşib qoldi. Tarixdagi ilk amerikalik Papa Lev XIV Afrika turnesi çoğida «dunyoni vayronaga aylantirayotgan zolimlarni» qoraladi. Tramp esa tanqid öziga qaratilganini sezib Papani «siyosatga aralaşmaslikka» çaqirdi.
Tortişuv paytida Tramp özining sun’iy intellektda yasalgan ğalati suratini e’lon qildi. Unda Tramp, aytişga ham til bormaydi, Iso payğambar körinişida tasvirlangan. Bizning e’tiqodga köra payğambarlarni öylab topilgan suratlar bilan ifoydalaş katta gunoh, Ğarbda esa Iso payğambarni rasm sifatida ifodalaş oddiy hol. Tramp özini öşanday suratlardan biridagi Iso payğambarga qiyoslagan. Köp ötmay bu surat öçirildi, lekin baribir Tramp qilgan işi dindor nasroniylarning jahlini çiqardi. Bu ketişda Tramp kimlar bilan uruşib çiqişini tasavvur qiliş qiyin.
Hörmuz blokadasi
Erondagi uruşni butun dunyo öz tanasida his qildi, çunki dunyo neftining katta qismi Hörmuz böğozidan ötadi. Energiya mahsulotlari qimmat bölsa, hamma narsa qimmatlaşadi. Uruşda Amerika ham, Eron ham böğozdan bosim ötkaziş uçun foydalandi. Avvaliga Eron uni tösdi, keyin kemalardan pul olib ötkazdi, keyin Amerika kelib «heç kim bu yerga kirmaydiyam, çiqmaydiyam», dedi.
Va özaro kelişuv fonida Eron yana böğozni oçdi, lekin Amerika blokadani davom ettirarkan. Xullas, ikki davlatning mantiqsiz uruşi milliardlab oddiy odamlar hayot tarziga salbiy ta’sir qilmoqda.
Isroil–Livan sulhi
Hafta davomida Livan va Isroil AQŞda ön kunlik sulh böyiça kelişdi. Ikki davlat 30 yil deganda ilk marta töğridan töğri muzokara ötkazdi. «Endi ikki davlat çegarasini ikki holatda kesib ötiş mumkin böladi: kostyum kiygan holda biznes uçun, çömiliş kiyimi bilan dam oliş uçun», dedi Isroil vakili.
Ikki davlat öt oçişni töxtatiş böyiça kelişdi. Lekin bir jihat bor, Isroil Livan bilan emas, «Hizbulloh» bilan uruşmoqda. Livan armiyasi Isroilga öq uzgani yöq. Ikki davlat kelişuviga köra, Livan «Hizbulloh»ning davlatdagi ta’sirini yöqotişi kerak böladi. Qiziği, bu davlat şundoğam köp yillardan beri «Hizbulloh»dan bezor bölgan. Bu galgi sulhni Eron ham qabul qildi. Tehron hozir sulhlarni qabul qilmaydigan holatda ham emas axir.











