“Özbekneftgaz” AJ 2026 yil I çoragi va “Dolzarb 100 kun” dasturi natijalarini e’lon qildi. Rasmiy raqamlarga köra, trillionlab sömlik tejamkorlikka erişilgan, işlab çiqariş hajmi oşgan va yirik geologik, burğilaş loyihalari boşlangan. Biroq mutaxassislar bu körsatkiçlar ortida samaradorlikning real iqtisodi va uzoq muddatlik barqarorlik masalalari ham borligini ta’kidlamoqda.

Dastur doirasida kompaniya faoliyatida moliyaviy optimallaştiriş asosiy yönalişlardan biri böldi. Ma’lumotlarga köra, qisqa muddat içida:

  •  2,5 trillion söm miqdorida umumiy tejamkorlik va samaradorlikka erişilgan;
  •  1,8 trillion söm işlab çiqaruvçilar bilan töğridan töğri işlaş va xarajatlarni optimallaştiriş orqali tejalgan;
  •  438 milliard söm esa quriliş va burğilaş loyihalarini qayta körib çiqiş hisobiga qisqartirilgan.

Şuningdek, soha bilan boğliq bölmagan aktivlarni optimallaştiriş orqali qöşimça 30 milliard söm xarajat kamaytirilgani aytiladi.

Geologiya-qidiruv yönalişida ham sezilarli kengayiş kuzatilmoqda. 3D seysmik tadqiqotlar hajmi 10 ming kvadrat kilometrga yetkazilib, bu ötgan yilga nisbatan 4 barobar köp ekani qayd etilgan. 42 ta investitsiya bloki böyiça ruxsatnomalar olingan.

Joriy yilda “Özbekneftgaz” tarixidagi eng yirik burğilaş dasturi amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Umumiy hisobda 102 ta quduq burğilaş közda tutilgan bölib, şundan 57 tasi qidiruv, 45 tasi işlatiş quduqlari hisoblanadi.

Burğilaş jarayonlarida vaqt me’yorlarini qayta körib çiqiş, texnologik jarayonlarni optimallaştiriş va normativ hujjatlarni yangilaş orqali tannarxni kamaytiriş hamda samaradorlikni oşiriş vazifalari belgilangan.

Hisobot davrida 17 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olingan, Qoraqalpoğistonda 3 ta yangi kon aniqlangan. Bundan taşqari, 29 ta quduq ta’mirlangan va 11 ta texnologik tadbir amalga oşirilgan.

Işlab çiqariş körsatkiçlari böyiça ham ösiş qayd etilgan:

  •  tozalangan tabiiy gaz – 4,789 mlrd m³
  •  gaz kondensati – 141,3 ming tonna
  •  suyultirilgan gaz –152,9 ming tonna
  •  oltingugurt – 48 ming tonna
  •  polietilen – 36,1 ming tonna