1 apreldan benzin va dizel, metan va propanni naqd pulga sotiş taqiqlandi. Kun.uz muxbiri Farğona viloyatining ayrim tumanlaridagi şoxobçalarda yangi tartib qanday işlayotganini örgandi, haydovçilar fikriga qiziqdi.
Maşinangizga benzin yo gaz quyişga kirdingiz, yoningizda esa faqat naqd pul bor. Lekin tuşkunlikka tuşişga hali erta: har qanday çeklovda bölgani kabi, amaliyotda noqulaylikni imkon qadar yengil ötiş yöllari paydo bölib ulgurgan. Quva va Farğona şaharlari hamda Rişton tumanidagi qator şoxobçalarga kirib, bunga yana bir bor guvoh böldik.
“Naqdga quyaveramiz-u, foizi bor-da...”
Birinçi şoxobçada operatorga yuzlanib, yonimizda faqat naqd pul borligini aytdik va plastik kartasiz ham işimizni bitirib berişlari yoki yöqligini söradik. Operator buni kassa xodimi hal qilişini aytdi. Kassaga borib, 50 ming söm uzatdik. Xodim naqd puldan foiz uşlab qolinişi va 47 500 sömlik propan quyib berişlarini aytdi.
Lekin hamma joyda ham bunday emas. Yana bir şoxobçada 50 ming sömlik propan quydik, kassa xodimi heç qanaqa komissiya uşlab qolmadi. Bu vaziyatda, taxminimizça, u ikki yöldan birini tanlagan: yo xarid çeki çiqarmagan, yoki boşqa bir jismoniy şaxsning kartasidan 50 ming söm yeçib hisobni töğrilab qöygan.
65 ming sömga qöşimça 1 000 söm...
Keyin, boşqa bir şaharda naqd pulga AI-92 benzini quyişga muvaffaq böldik. 5 litr benzinning narxi 65 ming söm böldi. Lekin ularning talabi bilan kassaga qöşimça 1 000 söm, jami 66 ming söm tölaşga töğri keldi.
Şunga öxşaş komissiyani boşqa bir şoxobçada ham uçratdik. Operator 100 ming sömlik propanga naqd tölov qilganimiz sabab, 1 000 söm komissiya borligini aytdi.
“Otaxon pul qöyişni bilmayapti, yordam beringlar...”
Metan şoxobçalardan birida qölida bir taxlam pul bilan boşini qaşib turgan yoşi uluğ haydovçini uçratdik. U maşinasiga metan quyib olgan, tölaş uçun qölidagi naqd pulini bankomatga solişni bilmay öylanib turardi. Şu payt kassa içkarisidan mikrofonda “otaxon pul qöyişni bilmayapti, yordam beringlar...” degan ovoz eşitildi. Operatorlardan biri işini taşlab yordamga kelib haydovçining pulini plastik kartasiga solib berdi.












