Yiğiliş avvalida joriy yilning birinçi çoragida erişilgan makroiqtisodiy natijalar körib çiqildi. Xususan, yalpi içki mahsulot 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qişloq xöjaligi 5,1 foizga ösdi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiyalar hajmi 13,7 milliard dollarni taşkil qildi. Inflatsiya yillik hisobda ilk bor 7,1 foizgaça pasaydi.

Buning hisobiga yanvar-mart oylarida budjet daromadlari ötgan yilga nisbatan 35 foizga köpayib, 103 trillion sömga yetdi. Mahalliy budjetlarda qöşimça 2 trillion 200 milliard söm mablağ şakllandi. Muhimi, şundan 1 trillion 400 milliard sömi tuman va şaharlar ixtiyorida qoldirildi.

Davlat rahbari iqtisodiyotni xalqaro miqyosda yangi bosqiçga olib çiqiş uçun tizimli islohotlar amalga oşirilayotganini ta’kidladi. Jumladan, kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizi ilk bor xalqaro fond bozorlariga çiqarilişi qayd etildi. Bu Milliy investitsiya jamğarmasi taşkil etilib, 13 ta strategik korxona boşqaruvi nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berilgani bilan boğliq.

Ötgan hafta Xalqaro valuta jamğarmasi e’lon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali Özbekiston kuçli va barqaror iqtisodiy ösişni saqlab qolayotgani qayd etilgani ta’kidlandi. Şuningdek, joriy yil mamlakatimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 poğona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mö’tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi.

Şu bilan birga, prezident birinçi çorakdagi natijalarga mahliyo bölib, xotirjamlikka beriliş mutlaqo notöğri ekanini ta’kidladi. Global ziddiyatlar, qarama-qarşiliklar va yetakçilik uçun kuraş kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda dunyo iqtisodiyoti avvalgidek “sokin” bölmasligi, bunday vaziyatda barça rahbarlar öz iş uslubi, yondaşuvi va dunyoqaraşini tubdan özgartirişi zarurligi qayd etildi.

Yiğilişda kiçik va örta biznesni rivojlantiriş masalalari alohida tahlil qilindi. Joriy yil banklar orqali uşbu yönalişga 140 trillion söm yönaltirilmoqda. Kiçik biznesga berilgan har 1 milliard söm kredit hisobiga Şirin şahrida 20 ta, Uçquduqda 17 ta, Xonobod va Söxda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy iş örni yaratilgan.

Biroq Uçköprik, Piskent, Böstonliq, Karmana, Qörğontepa tumanlarida 1 milliard sömlik kreditga örtaça 3 ta iş örni töğri kelmoqda.