Turkiya parlamenti 15 yoşdan kiçik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqlovçi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi Reuters.

Qonunga köra, platformalar foydalanuvçilarning yoşini tekşiriş böyiça çoralar körişi şart.

Öyin platformalari ham uşbu talabga rioya qilişi kerak böladi – ular öyinlarni yoş toifalariga qarab ajratişlari lozim.

Bundan taşqari, foydalanuvçilari soni köp bölgan platformalar Turkiyada öz vakiliga ega bölişi talab qilinadi.

Avvalroq Yeni Şafak gazetasi Turkiyada bolalar va ösmirlar iştirokidagi qurolli voqealardan söng hukumat bolalar uçun maxsus sim-kartalar joriy etişga qaror qilgani haqida yozgandi. Uşbu sim-kartalar nomaqbul kontentni bloklaş tizimi bilan ta’minlanadi.

Şuningdek, hukumat VPN-servislarni bloklaş hamda 18 yoşdan kiçik bolalarga internetdan foydalanişni çeklaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.