2026 yilda Qurbon hayiti taxminan 26 yoki 27 may sanalariga töğri kelişi kutilmoqda. Ayni şu kunlarda butun dunyo musulmonlari Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka şahriga borib, Haj amalini bajaradi. Şunga muvofiq, Saudiya rasmiylari har yili keladigan millionlab ziyoratçilarni kutib oliş va mavsumni talafotlarsiz, tartibli ötkaziş uçun oldindan tayyorgarlik köradi.

Bular qatoriga ziyoratçilarga xizmat körsatiş, yöllardagi tirbandlik va mehmonxonalarni hisobga oliş, noqonuniy keluvçilar oqimini çeklaş kabi çoralar kiradi. Bugun şular haqida ma’lumot beramiz.

Makkaga kirişda çeklovlar

2026 yil 13 apreldan Saudiya Arabistoni muqaddas Makka şahriga kiriş qoidalariga özgartiriş kiritdi. Unga köra, 3 toifadan taşqari barça uçun Makka şahriga kirişda çeklovlar örnatiladi.

Xususan, endilikda Haj mavsumi yakunlangunga qadar faqat:

- amaldagi Haj ruxsatnomasi ega;

- Makka şahrida yaşaş guvohnomasiga ega;

- Makkada işlaş ruxsatnomasiga ega bölganlargina uşbu şaharga kira oladi.

Foto: SPA

Uşbu uç toifadan biriga kirmaydigan har qanday şaxs vizasining turi yoki sayohat maqsadidan qat’i nazar, muqaddas şaharga kiritilmaydi. Xususan, Umra vizasiga ega çet elliklar ham 18 aprelga qadar Saudiyani tark etişi şart.

Uşbu çeklovlarning qöllanişi har yilgi Haj mavsumiga tayyorgarlikning standart qismi bölib, millionlab hojilar kela boşlagan bir paytda – şaharga kirişni tartibga soliş va nazorat qilişga xizmat qiladi.

Noqonuniy Haj uçun jazo çoralari

14 aprel kuni Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi tegişli ruxsatnomasiz Haj amallarini bajaruvçi şaxslar va ularga kömaklaşganlarga nisbatan jazo çoralarini e’lon qildi