Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa asosiy yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

Köp qavatli uylar boşqaruvida yangi tizim

“Qarzing bölsa, çiroqsiz qolasan” degan qoidaning qöllaniş doirasida kengayyapti. 2026 yil 1 iyuldan e’tiboran, köp kvartirali uylarni boşqaruvçi şirkatlar yoki boşqaruv kompaniyalariga majburiy tölovni – xalq tilida aytganda “kvartplata”ni har oyning 15-sanasigaça tölamagan mulkdorlar, to qarzini uzmaguniça, elektr energiyasiga tölov qilolmay qoladi. Bunday tartib 5 fevral kungi prezident qarorida körsatilgan.

Şu tariqa, “kvartplata” – elektr energiyasining billing tizimiga ulanayotgan uçinçi majburiy tölov bölyapti. Ötgan yildan boşlab çiqindidan qarzdorlik uçun şunday tartib örnatilgan, keyinroq 2026 yil 1 yanvardan Namangan viloyatida mol-mulk va yer soliğidan qarzi 1 mln sömdan oşgan jismoniy şaxslar uçun ham bu çeklovni qöllab körişga qaror qilingan edi.

Tarmoqlarda: “Keyinçalik içimlik suvi va issiq suvdan qarzdorlik uçun ham elektr tölovi çeklab qöyilsa kerak”, degan taxminlar yangrayapti. Faollar çiqindini olib ketiş xizmati böyiça ham, boşqaruv-servis kompaniyalari böyiça ham qator e’tirozlar borligini ta’kidlamoqda. Bu e’tirozlar haqli ekanini rasmiylar ham tasdiqlaydi. Payşanba kuni Raqobat qömitasi Çiqindilarni boşqariş agentligiga sörov yuborganini ma’lum qildi. Qömitaga köra, köplab hududlarda çiqindilarni öz vaqtida olib ketmaslik, şartnoma şartlariga amal qilmaslik, aholi zimmasiga asossiz qarzdorlik hisoblaş va buning oqibatida elektr energiyasi tölovini nohaq çeklab qöyiş holatlari kuzatilyapti. Sörovda iste’molçilar huquqini buzayotgan bunday tizimli kamçiliklarga barham beriş talab qilingan.

Uy-joylarni boşqarişdagi muammolar esa ikki oy avval Senatda muhokama qilingan va hukumatga sörov yuborilgan edi