Fransiyaning Nitsa şahrida ötkazilgan xalqaro olimpiadada Özbekiston nomidan Al-Jabr xalqaro maktabi öquvçilari iştirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. 37 nafar öquvçidan 33 nafari sovrindor böldi. Musobaqa doirasida öquvçilar nafaqat bilimlarini sinovdan ötkazdi, balki Yevropa böylab ilm sayohatida ham qatnaşdi.

Fransiyaning Nitsa şahrida matematika, ingliz tili va mental arifmetika yönalişlari böyiça xalqaro olimpiada bölib ötdi. Unda qariyb 20 ga yaqin davlatdan 300 dan ortiq iştirokçi qatnaşdi.

Özbekiston nomidan Al-Jabr xalqaro maktabi öquvçilari iştirok etdi. Musobaqaga tayyorgarlik jarayoni safar davomida ham töxtam adi — öquvçilar uzoq parvoz vaqtida ham maşğulotlarni davom ettirdi.

Musobaqa mental arifmetika yönalişidan boşlandi. Keyinçalik matematika va ingliz tili böyiça bellaşuvlar davom etdi. Uzoq yöl va yangi muhitga qaramay, özbekistonlik öquvçilar yuqori natijalarni qayd etdi.

Yakunda 37 nafar öquvçidan 33 nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan:

 * 14 nafar öquvçi uçinçi örin,

 * 8 nafar öquvçi ikkinçi örin,

 * 7 nafar öquvçi birinçi örin,

 * 3 nafar öquvçi oliy örin,

 * 1 nafar öquvçi esa “superçempion” unvonini qölga kiritdi.

Al-Jabr xalqaro maktabi rahbari Matluba Karaxodjayeva natijalarni yuqori baholab, özbekistonlik öquvçilarning bilim darajasi va intizomi xalqaro miqyosda e’tirof etilganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, uşbu olimpiadada Özbekiston eng uzoq masofadan kelgan davlat sifatida alohida e’tibor qozongan.

Olimpiadadan söng öquvçilar Yevropa böylab ilmiy-ma’rifiy sayohatda ham iştirok etdi. Sayohat Fransiyadan boşlanib, Monako, Parij, Şveytsariya, Germaniya, Avstriya va Vengriyani qamrab oldi.