Sun Life oromgohida ötkazilgan xalqaro musobaqada Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistondan 300 ga yaqin öquvçi iştirok etdi. Ular matematika, IT, mental arifmetika, ingliz, arab va rus tili fanlari böyiça öz bilimlarini sinovdan ötkazdi.

Al-Jabr xalqaro maktabi direktori Matluba Karaxodjayevaning ta’kidlaşiça, ta’lim muassasasi öquvçilari avvalgi yillarda ham köplab nufuzli xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli iştirok etgan. Bu yil esa maktab ilk bor mezbon sifatida Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi xalqaro olimpiadani taşkil etdi.

Uning aytişiça, mazkur olimpiadadan közlangan asosiy maqsad har bir öquvçiga öz bilimini sinab köriş, xalqaro tajriba orttiriş va oldiga yanada yuqori marralarni qöyiş uçun imkoniyat yaratişdan iborat. Şuningdek, bu yil olimpiada dasturiga ilk bor IT yönalişi ham kiritildi.

Uşbu olimpiadaning yana bir muhim jihati şundaki, unda qöşni davlatlar bilan bir qatorda Özbekistonning barça hududlaridan ham öquvçilar qatnaşdi. Natijada tadbir yuzlab iqtidorli yoşlarni birlaştirgan ilmiy bellaşuv maydoniga aylandi.

Jarayonlarni ota-onalar bevosita kuzatdi. Ular farzandlarining bilim saviyasi, masalalarni yeçiş uslubi, sahnadagi işonçi va raqobat muhitidagi faolligiga yaqindan guvoh böldi. Bu esa öquvçilar uçun qöşimça motivatsiya bölib, mas’uliyat hissini yanada oşirdi.

Qayd etilişiça, mazkur bellaşuv ğoliblari joriy yilning oktyabr oyida Turkiyaning Istanbul şahrida ötkaziladigan xalqaro olimpiadada iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritadi.