Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 3 may, yakşanba. Amerika prezidenti Donald Trampning aytişiça, Erondagi uruş tugabdi. Dunyo uruşlar tugaşini boşqaça tasavvur qiladi: kimdir mağlub bölib oq bayroq kötaradi, narigi tomonning barça şartlariga könib kapitulyatsiya böladi yoki ikki tomondan ham kuçliroq kimdir kelib uruşni tugatadi. Lekin uruş degani mana şunday mujmallik bilan, şunçaki bir davlat parlamentiga yozilgan xatdagi iqror bilan ham tugaşi mumkin ekan. Quyida haftaning şu va boşqa voqealarini birgalikda eslaymiz.
Tramp: «Uruş tugadi»
Amerika prezidenti Trampning aytişiça, Erondagi uruş tugabdi. Mister Tramp bu haqda öz sahifasida tantanali post qilib yozmadi, jurnalistlarni yiğib ularga ham aytmadi. Şunçaki imi-jimida Kongressga hisob berib yozgan xatida aytdi xolos. Buni qarangki, Amerika qonunçiligiga köra mamlakat prezidenti biror davlatga qarşi Kongress ruxsatisiz 60 kundan ortiq uruşolmaskan. Qoyil, Trampni töxtatadigan qonunlar haliyam bor ekan, yaşasin Amerika qonunçiligi!
Tramp ana şu 60 kunlik muddat tugaşi arafasida Kongressdagilarga xat yöllab, Eron bilan harbiy harakatlar allaqaçon tugagani haqida hisobot beribdi. Bu haqda xat bilan tanişgan Reuters jurnalistlari yozib çiqişdi.
Xat mazmunidan yana bir narsa rasman ayon böladi: Tramp dösti Netanyahu bilan birga Eronga qarşi uruş oçiş uçun amerikalik saylovçilarning qonuniy vakili — Kongressdan ruxsat olmagan. Eng qiziği, mister Tramp nizo hamon bartaraf etilmagani, «Eron haligaça Amerika uçun tahdid bölib turganini» tan olgan.
Bu xatda juda jiddiy gaplar aytilgan, ularning mazmuniga e’tibor bering. Donald Tramp Kongressdan, ya’ni amerikaliklardan söramay Eronga qarşi uruş oçgan. Bu haqda heç qayerda e’lon qilinmagan bir vaqtda Amerika va Eron örtasida uruş tugagan. Va fevral oxirida boşlanib juda intensiv köriniş olgan bombalaşlardan keyin ham nizo bartaraf etilmagan va Eron hamon Amerika uçun xavf bölib turgan ekan! Unda «yakson etilgan Eron», boyitilgan uran Amerikaga berilişi haqida gaplar qayoqda qoldi?
Uruşdan maqsad Eronda tuzumni özgartiriş edi, töğri, Xominaiy öldi, lekin mamlakatni yana diniy rahbar boşqarmoqda va u Amerikaga döst bölib qolgani yöq. Mana, sizga uning eng oxirgi gapini öqib beraman: «Amerikaliklarning Fors körfazidagi joyi — uning eng tubida».
Eronliklar Amerika har qança kuçli bölmasin, baribir ming yillik strategik tajribaga ega. Ular duşmanlarini juda yaxşi bilişadi, ularning qonunçiligini ham, eronliklar razvedkasi ham yomon işlamaydi. Agar ular mana şu 60 kunlik muddat tugagunga qadar atayin muzokaralarni çözib turgan bölişsa, maqsadlariga erişişdi. Hozir Donald Tramp juda noqulay ahvolda qoldi.
Tramp va Putin suhbati
Hafta davomida AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Unda aytarli jiddiy gaplar bölmagan. Tomonlar asosan Erondagi uruşni muhokama qilgan. Trampga köra, Putin Eronni uranni topşirişga köndira olsa, uranni boyitiş jarayonida iştirok etişni sörabdi. Amerika prezidenti esa unga «yaxşisi Ukrainadagi uruşni tugatiş bilan şuğullanişni» tavsiya qilibdi. Keyin Tramp suhbatdoşiga uruşda qisqa muddatli sulh böyiça kelişişni taklif qilibdi, Putin esa 9 may arafasida sulh taklif qilibdi.
Britaniya qiroli Amerikada
Hafta davomida Britaniya qiroli Çarlz III rasmiy taşrif bilan Amerikaga bordi. Ingliz monarxining Vaşingtonga taşrifi ikki davlat örtasidagi munosabatlar sovuqlaşgan davrga töğri keldi. Donald Tramp ikkinçi muddatida deyarli barça Yevropa davlatlari bilan sovuq munosabatda bölmoqda. Avvalo köhna qit’a va Tramp örtasida kelişmovçilik Ukrainadagi uruş masalasida böldi, Tramp Kiyevni qöllamasligini aytdi, Ukraina göyoki «Rossiya ta’sir doirasidagi davlat ekanini» ta’kidladi. Keyin Daniyaga tegişli Grenlandiya orolini bosib oliş bilan tahdid qildi. Va Erondagi uruşda yordam bermagani uçun NATO davlatlaridan norozi böldi. Tramp davrida Yevropa va Amerika örtasidagi munosabat şunçalik yomonlaşdiki, NATO parçalaniş yoqasiga kelib qoldi.
Qirol Çarlz III Amerikaga ikki davlat munosabatlarini biroz yumşatiş uçun bordi. Uni Vaşingtonda juda iliq kutib olişdi. Oq uydagi ziyofatda qirol siyosiy hazillar qilib amerikaliklarga tarixiy eslatmalar berdi.
Isroil Livanni tekislamoqda
Amerikaning CNN naşri Airbus tomonidan taqdim etilgan sun’iy yöldoş kadrlarini tahlil qilib, Isroil Livan janubida xuddi Ğazodagi ssenariyni qöllayapti degan xulosaga keldi. Avvaliga aviazarbalar bilan binolar yöq qilinadi, odamlar qoçib ketişga majbur böladi, qolganini quruqlik operatsiya doirasida amalga oşirib, tanklar va oğir artilleriya yordamida hududni tekislaşadi.
Hozir Livan janubida xuddi şunday işlar ketmoqda. Amerikada tantana bilan Isroil va Livan öt oçişni töxtatişga kelişdi deyişgandi, lekin Amerika qöllovidagi Isroil Livan janubini tekislaşda davom etmoqda. Aftidan, bu yerlar «Hizbulloh» ta’sirida bölgani uçun hudud Isroil tomonidan tekislab taşlanayotgani Livan hukumatini qiziqtirmayotgan körinadi.
Ğazoda saylov
Isroil kulini kökka sovurgan Falastinning Ğazo bölgasida 20 yil içida ilk marta saylov böldi. Saylov Ğazoning faqat Dayr al-Baloh şahrida ötkazildi. Mahalliy kengaş uçun ötkazilgan saylovda 15 örinning 6 tasini Mahmud Abbos yetakçiligidagi FATH partiyasi vakillari qölga kiritdi. Qolgan örinlarni mustaqil nomzodlar yutib ketdi. HAMAS saylovga boykot qilib, unda öz nomzodlarini körsatmadi.
Saylovda nomzodini körsatmoqçi bölganlar Falastin milliy muxtoriyatini, jumladan Isroil davlatini tan olişi, qurollardan voz keçişi kerak edi. Şu sabab unda HAMAS vakillari iştirok etmadi, çunki harakat hali qurollarni taşlagani yöq. Bundan taşqari, HAMAS Isroil davlatini tan olmaydi, uning barça hududlari Falastinga tegişli deb hisoblaydi. Saylovda nomzod körsatmagan bölsa-da, HAMAS undagi xavfsizlikni ta’minlaşda iştirok etib, saylovni yaxşi qadam deb baholadi.
FATH saylovda ğalaba qozongan bölsa-da, Ğazo ustidan nazorat örnata olmasligi tabiiy, bölga tölaligiça HAMAS nazoratida, kelajakda ham şunday bölib qoliş ehtimoli yuqori. Çunki Isroil va AQŞ hamon guruhni qurollarni taşlaşga majbur qilolmayapti. Bu esa harakat hamon bölga darajasida kuçli bölib qolişini ta’minlaydi.
Malida uruş
Beşinçi yilki qöşnisi Ukrainaning yerlarini egallab ololmayotgan Rossiyaning Afrikadagi işlari ham yaxşi emas. Rossiya bu qit’adagi davlatlarda, ayniqsa oltin va olmosga boy ölkalarda harbiy ta’sir doirasini oşiriş uçun jiddiy kompaniya olib boradi. «Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin bu tizim markazidagi asosiy figura edi. Afrikadagi oltin va olmosga boy davlatlarda harbiy ta’sirni oşiriş uçun Rossiya mudofaa vazirligi qoşida butun boşli «Afrika korpusi» degan köngilli harbiy tuzilma taşkil etilgan. Bu korpus vakillari Malida ham faol edi. Ular hukumat armiyasi tomonda edi. Hafta davomida Rossiya Malida bölişining eng aşaddiy tarafdori mudofaa vaziri Sadio Kamara isyonçilar tomonidan öldirildi.
Hukumat kuçlariga qarşi uruşda «Azavadni ozod qiliş fronti» guruhi hamda «Islom va musulmonlarni qöllaş guruhi» degan isyonçi guruhlar qatnaşmoqda. Bu guruh nomini çözib aytib ötiriş şart emas, qisqasi, ular «Al Qoida»ning Malidagi bölinmasi.
Isyonçilar Kidal degan strategik muhim şahardan Rossiya qöllovidagi hukumat kuçlarini siqib çiqarişdi. Isyonçilar poytaxt Bamakoni olişgani yöq, lekin Kidalning olinişi ham katta voqea, çunki ruslarning Afrika korpusi aynan şu şaharning hukumat kuçlari bilan olinişini eng katta yutuği deb hisoblardi. Ular şaharni deyarli jangsiz taşlab çiqişgan. Biz Malidagi voqealarga alohida töxtalamiz.
Hafta iqtibosi
Bu galgi hafta iqtibosi Slovakiya boş vaziri Robert Fitsoga tegişli böldi. Siyosatçi dunyo energetikasi bir odamning kayfiyatiga boğliq ekani haqida ajoyib öxşatiş qildi: «Biz neft narxi Tramp qanday uxlaganiga boğliq bölgan davrda yaşayapmiz. U yaxşi uxlab tursa, neft narxi tuşadi. Mabodo yomon uxlab, qandaydir bayonot bersa, narx kötariladi».
Hafta suratlari
Sözimizni hafta suratlari bilan yakunlaymiz. Birinçi surat Vaşingtonda olingan. Unda Amerika Maxfiy xizmati zobitlari poytaxt Vaşingtondagi Hilton mehmonxonasida Donald Trampga suiqasd qilinganidan keyin xavfsizlikni ta’minlaş bilan şuğullanişmoqda.

Doimgidek maxfiy xizmatda ayol ofitserlar faol. Esingizda bölsa, Trampni Pensilvaniyada otişganda ham uni evakuatsiya qilişda ayol agent faol bölgandi. Yaşasin ayol agentlar!
Ikkinçi surat Norvegiyada olingan. Oq ayiq erib borayotgan muzlikdan turib unga qarayotgan odamlarga tikilib turibdi.

Inson hozir uruşlar, bosqinlar bilan band, lekin haqiqiy muammo soyada qolmoqda. Dunyo muzliklari rekord tezlikda erib bitmoqda, yaqinda dunyodagi eng katta aysberg ham parçalanib ketdi. Bu ketişda inson tasavvur qiliş qiyin bölgan ekologik muammolar bilan töqnaş kelişi tabiiy...











