Ma’lum bölişiça, AQŞ endi çet eldan grin karta uçun ariza topşirgan şaxslardan 100 ming dollar miqdorida garov puli talab qilişi mumkin. Tramp ma’muriyati bu yangilik ustida öylanmoqda. Katta ehtimol bilan bu administratsiyaning qonuniy immigratsiya, ayniqsa imkoniyati çeklangan çet elliklarga qarşi kuraş çoralarining bir qismi böladi. Jamoa bu böyiça boş qotirayotgani haqida Wall Street Journal naşri yozdi.
Maqolada kelişiça, rejalar bilan taniş bölgan odamlar Tramp ma’muriyatining bu tizim ustida boş qotirayotganini tasdiqlagan. WSJ manbalariga köra, garov miqdori körsatilgan miqdordan kam yoki yuqori bölişi ham mumkin. Davlat departamenti yangi mexanizmni hozirça oz sonli mamlakatlarda sinovdan ötkazişni rejalaştirmoqda.
Rejaga köra, ariza beruvçilar mablağlarni faqat AQŞ fuqaroligini olgandan keyingina qaytarib ololadilar, bu jarayon odatda kamida beş yil davom etadi. Şunday qilib, agar grin karta egasi köçib ötgandan keyin özini ta’minlay olmasa, depozit AQŞ rasmiylari uçun kafolat bölib xizmat qiladi.
"Prezident Tramp Qöşma Ştatlarga immigratsiya qilişni istaganlar moliyaviy jihatdan özini özi ta’minlaşi kerakligini aniq aytdi", degan Davlat departamenti vakili Tommi Pigott.
Uning qöşimça qilişiça, Davlat departamenti Immigratsiya va fuqarolik töğrisidagi qonunga muvofiq ba’zi viza murojaat etuvçilardan "özini özi ta’minlaş uçun zarur bölgan mablağlarga ega ekanliklarini namoyiş etiş uçun" garov puli tölaşni talab qiliş vakolatlarini örganib çiqmoqda.
Eslatib ötamiz, şu yilning may oyida AQŞ rasmiylari grin kartaga ariza beriş qoidalarini yanada kuçaytirişdi. Endi çet el fuqarolari faqat mamlakat taşqarisidan turib doimiy yaşaş uçun ariza berişlari kerak böladi. AQŞ uçun milliy manfaatlariga mos insonlarga esa istisnolar bölişi mumkin.













