Vikipediyani boşqaruvçi Wikimedia fondi yirik sun’iy intellekt kompaniyalari bilan yangi kelişuvni e’lon qildi. Ular orasida Amazon, Meta, Microsoft, Perplexity va Mistral AI bor.

Yangi kelişuvlarga köra, kompaniyalar Wikimedia Enterprise xizmati orqali Vikipediya ma’lumotlariga kiriş uçun rasman pul tölaydi. Bunday yondaşuv «saytdan ma’lumotlarni ruxsatsiz yiğiş» örnini bosadi va kontentdan «qonuniy va şaffof şartlarda» foydalaniş imkonini beradi.

Bitimlar bir yil davomida tuzilgan bölsa-da, ilgari ular haqida jamoatçilikka e’lon qilinmagan. Yangi «hamkorlar» Google, Ecosia va boşqalarga qöşildi.

Wikimedia fondining ta’kidlaşiça, Vikipediya «zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirişda muhim rol öynaydi». Ensiklopediyadagi ma’lumotlardan çat-botlar, qidiruv tizimlari, ovozli yordamçilar va boşqa sun’iy intellektga asoslangan xizmatlarda foydalaniladi.