Islandiya sobiq prezidenti Gudni Yoxannesson Tingvedlir milliy boğiga gid bölib işga joylaşdi, deb yozadi Iceland Mirror.
Islandiya tarixidagi eng yoş davlat rahbari bölgan Gudni Yoxannessonning prezidentlik muddati 2024 yilda yakunlangan edi. Öşa yilning yozida u Tingvedlirga taşrif buyurib, boğda reynjyer sifatida işlaş taklifini olgan.
Yoxannesson 2025 yil yozgi mavsumda gid bölib işlaşga rozi bölgan. Iş boşlaşdan oldin u birinçi tibbiy yordam körsatiş böyiça kursni tamomlagan. Hozirda 56 yoşni qarşilagan sobiq prezident ekskursiyalar ötkazib, taşrif buyuruvçilarning savollariga javob bermoqda.

«Taşrif buyuruvçilarning aksariyati kimligimni bilişmaydi va bu şunçaki ajoyib», — deydi Gudni Yoxannesson.
Sobiq davlat rahbarining ta’kidlaşiça, milliy boğda işlaş — bu davlat xizmatining davomidir, çunki Tingvedlir mamlakat uçun muhim ahamiyatga ega. Yoxannesson prezidentlik lavozimidan ketganidan beri, şuningdek, mahalliy universitetda tarixdan dars ham bermoqda.











