Özbekistonlik futbolçilar töp tepadigan “Istanbul Boşoqşehir” jamoasi Turkiya Superligasi 2-turini safarda “Trabzonspor”ga qarşi ötkazdi.

Uçraşuvning 8-daqiqasida trabzonliklarning yangi aʼzosi Muhammad Saloh darvozabonning xatosidan söng gol urib, hisobni oçdi. Orada 11 daqiqa ötib Eldor Şomurodov özi işlagan penaltini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. 


48-daqiqada Muhammad Saloh öyindagi sönggi golni urib, yakunda jamoasiga ğalaba keltirdi.

Eldor Şomurodov töliq öyin ötkazdi. Abbosbek Fayzullayev esa 58-daqiqada öz örnini jamoadoşiga böşatib berdi. Sofascore portali Şomurodovning öyindagi harakatlariga 6,9 ball, Fayzullayevga esa 6,4 ball berdi.

Maʼlumot uçun, Turkiya Superligasi 1-turida “Istanbul Boşoqşehir” öz maydonida “Kojayelispor”ni 2:0 hisobida yutgandi. Gollardan birini Şomurodov urgan bölsa, yana bir golga Fayzullayev assistentlik qilgandi.

Turkiya Superligasi. 2-tur
“Trabzonspor” - “Istanbul Boşoqşehir” 2:1
Gollar: Saloh (8, 48) - Şomurodov (19, penalti).
“Trabzonspor” - Onana, Kabral, Nvaivu, Saviç, Eskixellaç, Muçi (Özkajar, 70), Kabasakal, Malinovskiy (Buşuari, 81), Simsir (Saviolo, 70), Saloh, Onuaçu (Töfon, 87).
“Boşoqşehir” - Şengazer, Şahiner (Karbovnik, 70), Bayram, Opoku, Operi, Kemen, Kalujinski (Brniç, 58), Skov Olsen (Bozok, 79), Şomurodov, Fayzullayev (Zelke, 58), Bertug (Ergun, 46).
Ogohlantirişlar: Kemen (22), Bertug (39), Zelke (61), Saloh (79), Nvaivu (83), Ergun (88), Saviç (89).