Yaqin Şarqdagi xavfsizlik muammolari yangi yondaşuvlarni talab qilmoqda. Saudiya Arabistoni ilgari surayotgan özaro hujum qilmaslik pakti Eronni ham qamrab oladi. Loyiha Tehronning manfaatlariga javob berişi mumkin, lekin AQŞning mintaqadagi harbiy bazalari va Isroilning siyosati bu taşabbusning töliq amalga oşişini söroq ostida qoldiradi.

— Saudiya taşabbus qilayotgan Yaqin Şarq davlatlarining özaro hujum qilmaslik paktiga mintaqaning qaysi davlatlari qöşilmasligi mumkin?

Kamoliddin Rabbimov: AQŞ–Eron uruşi mintaqadagi kuçlar muvozanati va siyosiy tizimlar haqidagi tasavvurlarni jiddiy özgartirdi. Ungaça şakllangan qaraşlarga köra, Eron juda zaif davlat sifatida talqin qilinar edi. Içki ijtimoiy noroziliklar kuçaygani sababli taşqi bosim bölsa, mamlakat siyosiy tizimi “qoğozdan qurilgan uy” kabi tez qulaydi, degan fikr mavjud edi. Ammo voqealar bunday ssenariy asosida rivojlanmadi.

Endi Saudiya Arabistoni şuni anglamoqdaki, Eron mintaqada uzoq muddat va ta’siri saqlanib qoladigan asosiy omillardan biridir. Ya’ni Eron köpçilik öylagandek mört va beqaror davlat emasligi namoyon böldi.

Şu sababli Riyod yangi mintaqaviy xavfsizlik tizimini şakllantiriş zarurligini ilgari surmoqda. Bu tizim Eronni muhim geosiyosiy omil sifatida hisobga olişi, şuningdek, AQŞ va Isroilga haddan taşqari boğliqlikni kamaytirişga qaratilişi kerakligi ta’kidlanmoqda.

Bu taşabbus ma’lum ma’noda sovuq uruş davridagi Helsinki kelişuvlarini eslatadi. 1975 yilda imzolangan uşbu kelişuv Sovet Ittifoqi va Yevropa davlatlari örtasida töğridan töğri harbiy töqnaşuvning oldini olişga xizmat qilgan edi. Tomonlar özaro aloqa kanallari, muzokara mexanizmlari va işonçni mustahkamlovçi vositalarni yaratişga kelişib olgan. Asosiy maqsad – uruş xavfini kamaytiriş va nizolarni diplomatik yöl bilan boşqariş edi.

Bugungi kunda Saudiya Arabistoni ham şunga öxşaş modelni taklif qilmoqda. Riyodning pozitsiyasiga köra, Saudiya hududidan Eronga qarşi hujum uyuştirilmasligi kerak, Eron esa öz navbatida Saudiya Arabistoniga tahdid solmasligi lozim. Şu asosda özaro hujum qilmaslik pakti ğoyasi ilgari surilmoqda. Hozirça bu loyiha amaliy bosqiçga ötmagan, ammo mintaqadagi musulmon davlatlari örtasidagi koordinatsiyani kuçaytirişga qaratilgan siyosiy taşabbus sifatida körilmoqda.

Mazkur kelişuvga Qatar, Bahrayn va Ummon kabi davlatlar qiziqiş bildirişi mumkin. Biroq Birlaşgan Arab Amirliklarining hozirça ehtiyotkor pozitsiyada qolayotgani kuzatilmoqda. Çunki sönggi uruş fonida Abu-Dabi xavfsizlik masalalarida AQŞ va Isroil bilan hamkorlikni kuçaytirişga moyillik körsatdi.