Cheklov 22 may soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qiladi. Bu paytda quyidagi ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
- Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KHAY-Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KHAY-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.
- Nurafshon-Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
- Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor-Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.


YHTEM haydovchilarga oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishni tavsiya qildi.











