Qaşqadaryo viloyatida sel oqizib ketişi oqibatida bir kişi halok bölgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.

Hodisa Dehqonobod tumanida sodir bölgan. 19 may kuni soat 20:20 da tuman IIB navbatçilik qismiga Yangi hayot mahallasi Quriliş qişloğidagi daryodan sel bilan birga notaniş erkak murdasi oqib kelgani haqida xabar kelib tuşgan. Tuman prokurori rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi hodisa joyiga yetib borgan.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida halok bölgan yigit 2001 yilda tuğilgan O.Ş. ekani aniqlangan.

Marhumning yaqinlariga köra, O.Ş. 19 may kuni soat 15:00 larda qöylarini boqiş uçun çiqib ketgan. U soat 18:00 ga qadar qaytib kelmagan. Öşa vaqtda qişloqda kuçli yomğir yoğib, sel kelgan. Oradan bir qança vaqt ötib, yigitning murdasi suvda oqib kelgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

FVV axborot xizmatiga köra, 19 may kuni Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi, Yakkaboğ, Dehqonobod va Şahrisabz tumanlarida kuçli yoğingarçiliklar kuzatilgan. Sel toşişi oqibatida Qamaşida içki yöl, Yakkaboğda esa köprik ma’lum muddat yopilgan.