Britaniyaning The Guardian gazetasi 100 ta eng buyuk roman nomini e’lon qildi. Buning uçun tahririyat 170 nafardan ortiq muallif, tanqidçi va olimlardan eng yaxşi 10 talikni tuzişni söradi. Yakuniy reyting nafaqat asarlarning tilga oliniş miqdorini, balki sörov iştirokçilarining individual röyxatidagi örnini ham hisobga oldi.

Birinçi örinni Jorj Eliotning «Midlmarç: Provinsial hayotni örganiş» kitobi egalladi. Roman öquvçini 1829-1832 yillardagi Angliyaga olib boradi va köplab voqealarni özaro boğlaydi: xudbin olimning muvaffaqiyatsiz nikohi, romantik munosabatlari, bankirning boylik sari yöli va bir-biri bilan deyarli kesişmaydigan boşqa çiziqlar.

Ikkinçi örinda Toni Morrisonning «Mahbuba» asari joylaşgan. Syujyet 1856 yil yanvar oyida Kentukki ştatidan ozod Ohayo ştatiga qoçib ketgan qoratanli qul Margaret Garnerning haqiqiy taqdiriga asoslangan. Voqealar uruşdan keyingi Amerikada sodir böladi.

Uçinçi örin Jyeyms Joysning «Uliss» asariga nasib etdi. Bu keng kölamli va murakkab roman qarama-qarşi munosabatlarga sabab böladi: ba’zi öquvçilar unga qoyil qoladi, boşqalari esa tuşunmaydi. Şu bilan birga, asar adabiy modernizmning asosiy yutuği sifatida tan olingan. Matn tarix, falsafa, adabiyot va madaniyatga işoralarga boy.

The Guardian talqiniga köra tarixdagi eng buyuk 10 ta roman

  • «Midlmarç: Provinsial hayotni örganiş» - Jorj Eliot

  • «Mahbuba» — Toni Morrison

  • «Uliss» — Jyeyms Joys

  • «Mayoqqa» — Virjiniya Vulf

  • «Yöqotilgan vaqtni izlab» — Marsel Prust

  • «Anna Karenina» — Lev Tolstoy

  • «Uruş va tinçlik» — Lev Tolstoy

  • «Jyeyn Eyr» — Şarlotta Bronte

  • «Ğurur va xurofot» — Jyeyn Ostin

  • «Bovari xonim» — Gyustav Flober

Top-50 talikka «Buyuk Getsbi» (11-örin), «Mobi Dik» (15), «Yolğizlikning yuz yili» (17), «Momaqaldiroq dovoni» (20), «Don Kixot» (26), «Frankenşteyn» (30), «Xizmatkor ayol hikoyasi» (36), «Körinmas odam» (37) va «Sehrli toğ» (42), «Şovqin va ğazab» (57), «Qonli meridian» (68), «Drakula» (76), «Alvido, qurol!» (83), «Hiyla-22» (97) va «Yöl» (98) asarlari ham kirdi.