Navoiyda köp qavatli uyning birinçi qavatida özboşimçalik bilan basseyn qurib oliş holati aniqlandi. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi nazorati inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, inspeksiya xodimlari tomonidan köp qavatli uylarning texnik holatini örganiş maqsadida Zarafşon şahrida nazorat tadbiri ötkazilgan. Örganişda şaharning 12-kiçik hududida joylaşgan köp qavatli uyda mulkdor 1-qavatdagi xonadonida özboşimçalik bilan basseyn qurib olgani aniqlangan. Şuningdek, xonadon egasi yertölaning bir qismini noqonuniy egallab olib, unga tuşiş uçun uyidan maxsus yölak ham oçib olgan.

“Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bunday özboşimçalik bilan amalga oşirilgan quriliş işlari köp qavatli uyning konstruktiv mustahkamligiga salbiy ta’sir körsatib, texnik holati zaiflaşişiga olib kelişi hamda aholi xavfsizligiga bevosita tahdid yuzaga keltirişi mumkin”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan huquqbuzarga BHMning 50 baravari miqdorida jarima qöllangan va xonadonni avvalgi holatiga qaytariş böyiça majburiy körsatma berilgan.