25 may kuni, «Sönggi qönğiroq» tadbirlarida soat 7:00 dan 14:00 gaça öquvçilarning maktabga avtomobil boşqarib kelişi bilan boğliq 238 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yöldoşev.
«Bayramni baxtsizliklarsiz ötkaziş uçun minglab yöl-patrul xizmati va içki işlar organlarining boşqa sohaviy xizmat xodimlari maktablar yonida kuçaytirilgan tartibda xizmat ötamoqda. Öquvçilarning ota-onasiga tegişli yoki ijaraga olgan avtomaşinani boşqarib kelganini kuzatiş mumkin. Qoidabuzarlar orasida 11-, 9- va hatto 8-sinf öquvçilari ham bor», dedi u.
YHXX vakili bolalarning katta fojia qurboni bölişiga yoki boşqalar hayotini xavf ostida qoldirişiga zamin yaratib berayotgan kattalardan közini oçişini, yoşlarning taqdiriga befarq bölmaslikni söradi.














