Kredit reytingi nima?

Kredit reytingi deganda davlat yoki kompaniyaning qarz oliş qobiliyati hamda olingan qarzni öz vaqtida qaytariş ehtimolining bahosi tuşuniladi. Dunyoning eng yirik uç reyting agentligi – Fitch, Moody’s va S&P mamlakatlarning moliyaviy işonçliligini harflar kombinatsiyasidan iborat şkala orqali baholaydi. Yuqori reyting – bu qarz beruvçilar va investorlar uçun davlat öz majburiyatlarini öz vaqtida bajarişi ehtimoli yuqori ekanini anglatuvçi işoradir. Aksinça, past reyting mamlakatning olgan qarzini qaytarişida xavf yuqoriligini bildiradi va investorlarni çöçitadi.

Reytinglar yaxşilanişi Özbekistonga nima beradi? 

Birinçidan, xalqaro moliya bozorlarida qarz oliş yengillaşadi. Yuqori reyting – investorlar va kreditorlar nazarida kamroq xavfni anglatadi. Demak, hukumat yoki özbek korxonalari taşqi bozorlardan qarz olganda foiz stavkalari pasayişi mumkin, çunki investorlardan talab qilinadigan tavakkalçilik mukofoti (risk premium) kamayadi. Bu esa öz navbatida davlat uçun ham, xususiy sektor uçun ham moliyaviy xarajatlarni kamaytiradi. Masalan, hukumat yangi infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş yoki eski qarzlarni qayta moliyalaştirişda endi pastroq foizli qarz olişi mumkin – bu budjet mablağlarini tejaydi yoki boşqa zarur sohalarga yönaltirişga imkon yaratadi. 

Ikkinçidan, reytingning oşişi xorijiy investorlar işonçi ortişiga xizmat qiladi. Reyting agentliklarining ijobiy bahosi xalqaro biznes hamjamiyatiga Özbekiston iqtisodiyoti barqaror va işonçli ekanligi haqida signal beradi. Natijada, mamlakatga töğridan-töğri investitsiyalar oqimi köpayişi mumkin. Yuqori reytingli davlatlar köpinça köproq investorlarni jalb qiladi, çunki xorijiy kompaniyalar bunday mamlakatlarda loyihalar boşlaş yoki işlab çiqariş quvvatlarini joylaştirişda özlarini xotirjamroq his qiladi. Özbekistonga köproq sarmoya kirsa, yangi korxonalar oçiladi, texnologiyalar kirib keladi va qöşimça iş örinlari yaratiladi. Bu bevosita aholi farovonligiga ijobiy ta’sir etadi.

Uçinçidan, bu özgarişlar Özbekistonning xalqaro moliyaviy imijini yaxşilaydi. Yaxşi reyting – bu davlatning global maydondagi moliyaviy obrösini körsatuvçi indikator. Köplab xalqaro moliya institutlari (masalan, ayrim pensiya jamğarmalari, investitsiya fondlari) faqat ma’lum bir reytingdan yuqori bölgan davlatlarning obligatsiyalariga yoki loyihalariga sarmoya kiritadi. Reyting kötarilgani sari, Özbekiston bunday investitsion fondlar va institutlar uçun ham körib çiqilişi mumkin bölgan davlatlar röyxatiga kirib boradi. Bundan taşqari, xalqaro taşkilotlar (Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki va boşqalar) bilan hamkorlik olib borişda ham mamlakatning reytingi muhim ahamiyatga ega. Yuqori reyting moliyaviy intizom va islohotlarning tan olinişi belgisi sifatida köriladi.