Raqobat qömitasi BAAda röyxatdan ötgan Tapuz Limited kompaniyasining OLX Classifieds ustav kapitalidagi 100 foiz uluşni sotib olişi böyiça iqtisodiy konsentratsiya bitimini körib çiqib, rozilik berdi.

Qömita tomonidan ötkazilgan tahlillar davomida Tapuz Limited’ning asosiy aksiyadori bölgan TBC Bank Group PLC Özbekistonda TBC Bank Uzbekistan raqamli tijorat banki hamda Payme tölov xizmatiga bilvosita egalik qilişi inobatga olingan. Şuningdek, Payme va OLX Classifieds raqamli platformalar sohasida ustun mavqega ega korxonalar röyxatiga kiritilgan. Şu bilan birga, qömita Tapuz Limited Özbekistondagi boşqa onlayn reklama platformalari ustav fondlarida uluşga ega emasligini aniqlagan.

“Qömitaning Maxsus komissiyasi tomonidan ötkazilgan tahlil natijalariga köra, mazkur bitim böyiça raqobat muhitini saqlaş va iste’molçilar manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan qator majburiy talablar belgilangan holda iqtisodiy konsentratsiya bitimiga oldindan rozilik beriş töğrisida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

 TBC Bank Group’ga quyidagi talablar qöyilgan:

  • “TBC Bank Group PLC” kompaniyasi nazoratidagi raqamli platformalar orqali “OLX” raqamli platformasining hozirgi va kelgusidagi foydalanuvçilari uçun xizmatdan foydalaniş şartlariga bir tomonlama va asoslanmagan tarzda ta’sir körsatişga yöl qöymaslik;

  • “OLX” raqamli platformasi orqali töplanadigan yoki qayta işlanadigan ma’lumotlardan foydalanişda, şuningdek “TBC bank” ATB va “Payme” AJ bilan raqobatda bölgan tijorat taşkilotlarining mijozlariga oid şaxsiy yoki tijorat ma’lumotlaridan raqobatni çeklaş maqsadida foydalanmaslik yoki ularni oşkor qilmaslik, ustun mavqeni suiiste’mol qilmaslik hamda iste’molçilar huquqlarini kamsitmaslik çoralarini ta’minlaş;

  • OLX xizmatlari uçun tölovlarda foydalanuvçilarni faqat Payme yoki TBC Bank ilovalaridan foydalanişga majburlamaslik hamda boşqa tölov xizmatlari uçun teng şaroit yaratiş;

  • Raqobat töğrisidagi qonunçilik talablarga töliq rioya qiliş.