O‘zbekiston | 15:00
2218
2 daqiqa o‘qiladi

Eldor Shomurodovning yorqin goli: TBC Bank futbolchining imzosi tushirilgan TBC Salom kartalari egalariga bonus taqdim etadi

Foto: TBC Bank

O‘zbekiston ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olib, tarixda o‘z nomini qoldirdi. Guruh bosqichi davomida futbolchilarimiz munosib va chiroyli o‘yin namoyish etdi. Guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida esa TBC Bank brend do‘sti Eldor Shomurodov Kongo terma jamoasi darvozasini chiroyli gol bilan ishg‘ol qildi. Ana shu yorqin lahza munosabati bilan TBC Bank muxlislar uchun bayram aksiyasini e’lon qiladi.

Eldor Shomurodov imzosi tushirilgan cheklangan sonli TBC Salom kartalari egalarining barchasi 30 000 so‘m miqdorida pul bonusiga ega bo‘ladi.

Bonusni qanday olish mumkin?

Amaldagi karta egalari uchun: Eldor Shomurodov imzosi tushirilgan TBC Salom kartasiga ega barcha mijozlarga bayram bonusi avtomatik tarzda hisoblab beriladi.

Yangi mijozlar uchun: 2026 yil 28 iyun soat 23:59 gacha ushbu kartani rasmiylashtirishga ulgurgan barcha foydalanuvchilar ham bonusga ega bo‘ladi.

Muhim: barcha bayram bonuslari foydalanuvchilarning hisobiga uch kun ichida o‘tkazib beriladi.

O‘zbek futboli tarixidagi ushbu unutilmas jahon chempionati xotirasiga bag‘ishlangan cheklangan sonli kartani TBC UZ ilovasida rasmiylashtirish mumkin. O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga tarixiy yo‘llanmasi va Eldor Shomurodovning yorqin goli mamlakatimiz futboli tarixining unutilmas sahifalaridan biriga aylandi.

Olg‘a, O‘zbekiston!

Reklama huquqi asosida

Мунира Тошниёзова
Tayyorlagan Мунира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid