24-iyul kuni TBC Bank Group OLX Uzbekistan kompaniyasidagi nazorat uluşini sotib oldi. Bitim TBC va Titan Investments qöşma korxonasi orqali amalga oşirildi: qöşma korxona OLX’ning Özbekistondagi biznesining 100 foizini oldi, TBC esa qöşma kompaniyaning 50 foiz va bitta aksiyasiga egalik qiladi.

Bitimdan söng foydalanuvçilar uçun asosiy savollardan biri maydonçadan foydalaniş qoidalari özgaradimi, degan savol bölmoqda. Bepul e’lonlar saqlanib qoladimi, pulli xizmatlar narxi oşadimi, OLX içida TBC va Payme mahsulotlari paydo böladimi?

Kun.uz uşbu savollar bilan TBC’ga murojaat qildi.

Hozirça OLX avvalgidek işlaşda davom etadi

TBC bildirişiça, dastlabki bosqiçda OLX işlaş tartibidagi asosiy tamoyillarni özgartiriş rejalaştirilmagan. Maydonça öz brendini saqlab qoladi va mustaqil servis sifatida işlaşda davom etadi.

Kompaniya asosiy özgariş sifatida boşqaruvning mahalliy jamoaga ötişini aytmoqda. Ma’lum qilinişiça, bu Özbekiston bozori bilan boğliq qarorlarni tezroq qabul qiliş hamda OLX’ning mahsulot va marketing jamoalarini kuçaytiriş imkonini beradi.

Foydalanuvçilar uçun bu egasi almaşganidan söng maydonça işida birdaniga sezilarli özgarişlar kutilmayotganini anglatadi.

Biroq xizmatlar narxi masalasi hozirça oçiq qolmoqda.

TBC amaldagi tariflarni noma’lum muddat davomida saqlab qolişga va’da bermayapti. Kompaniyaning bildirişiça, OLX tariflari va tijoriy şartlari platformani integratsiya qiliş jarayoni davomida qayta körib çiqiladi.

«Hozirça aniq qarorlar qabul qilinmagan, yakuniy şartlar keyinroq belgilanadi», deyiladi kompaniya javobida.

Hozirça OLX tariflarida özgarişlar e’lon qilinmadi. Qayd etilişiça, tijoriy şartlar platformani integratsiya qiliş jarayoni davomida körib çiqiladi, ehtimoliy özgarişlar haqida foydalanuvçilar oldindan ogohlantiriladi.

OLX’da TBC mahsulotlari paydo bölişi mumkin

OLX’da oyiga 5 milliondan ortiq faol foydalanuvçi va qariyb 2 millionga yaqin faol e’lon mavjud.