Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TBC Bank Eldor Shomurodov imzosi tushirilgan TBC Salom kartasining cheklangan seriyasini taqdim etdi
O‘zbekiston millionlab muxlislar uzoq kutgan tarixiy natijaga erishdi - ilk bor futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Bu voqea o‘zbekistonliklarni birlashtirdi - endi butun mamlakat jahon maydonida katta g‘alabalarni qo‘lga kiritishni orzu qilmoqda.
Ushbu tarixiy voqea munosabati bilan TBC Bank mamlakatimizning eng yaxshi futbolchilaridan biri — Eldor Shomurodov imzosi va futbol uslubidagi dizaynga ega Visa asosidagi TBC Salom x Shomurodov kartalarining cheklangan seriyasini taqdim etdi. Futbolchi “Bunyodkor”dan Yevropa klublarigacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tib, hozirda “Istanbul Bashakshehir” safida to‘p surmoqda va yaqinda liga to‘purari sifatida e’tirof etildi.
2025 yil dekabr oyida TBC Bank va Eldor Shomurodov mamlakatda sportni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkorlik boshlaganini e’lon qilgan edi. Hamkorlik doirasida sport dasturlari, ijtimoiy tashabbuslar va media loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ular hududlardagi bolali oilalar uchun futbolni yanada yaqin qilishga xizmat qiladi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki qadamlar allaqachon qo‘yilgan: mart oyida TBC Bank jamoasi bo‘lajak futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga foydali sovg‘alarni topshirish maqsadida Surxondaryodagi Eldor Shomurodov akademiyasiga tashrif buyurgan edi.
Muxlislar uchun forvardning imzosi tushirilgan ushbu karta O‘zbekistonning ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l olganini yodga solib turuvchi alohida ramzga aylanadi. Shu bilan birga, Visa asosidagi TBC Salom x Shomurodov kartasi egalari quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladilar:
- TBC UZ ilovasida foizsiz pul o‘tkazmalari;
- har qanday xarid uchun 1% keshbek;
- hamkorlarda 5% keshbek;
- mijoz xohishiga ko‘ra hisob qoldig‘iga yillik 12% daromad;
- bankomatlar orqali hisobni to‘ldirish va naqd pul yechish uchun undirilgan komissiyani qaytarib berish;
- sayohatlar, xaridlar va kundalik to‘lovlar uchun Visa Platinum imtiyozlari.
Bu seriya alohida ahamiyatga ega bo‘lgani sababli uning soni cheklangan. Ushbu tarixiy lahzadan esdalik sifatida kartangizni bevosita TBC UZ ilovasida buyurtma qilishingiz mumkin. Kartani chiqarish narxi 30 000 so‘mni tashkil etadi.
Batafsil shartlar — havola orqali.