2026 yil may oyida narxlar oşişi 0,2 foizni taşkil etib, yillik inflatsiya 5,5 foizga teng böldi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qömitasi.

2025 yilning mayida oylik inflatsiya 1,5 foiz, yillik körsatkiç 8,7 foiz bölgandi. Şunga köra, ötgan yilning mos davriga nisbatan narx-navolar oşişi 3,2 foiz punktiga sekinlaşdi. Bu energiya tovarlari narxida yuqori baza effekti çiqib ketişi bilan izohlanadi.

Statqöm hisobotiga köra, ötgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxida umumiy hisobda özgariş kuzatilmagan bölsa, nooziq-ovqat tovarlar 0,3 foizga qimmatlaşdi. Xizmatlar inflatsiyasi esa 0,4 foizni taşkil etdi.

Oziq-ovqatlar

May oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan suyaksiz mol göşti — 3,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +20,5 foiz), suyakli mol göşti —2,9 foiz ( +19 foiz), qöy göşti — 2,9 foiz (+22,8 foiz) ,göşt qiymasi — 2 foiz (+15,8 foiz), şakar —1,5 foiz (+1,3 foiz), pasterizatsiya qilingan sut —1,1 foiz (+5,1 foiz), tirik va sovutilgan baliq —1 foiz (+6,9 foiz), un —örtaça 0,9 foiz (+4,6 foiz) va ösimlik yoği narxlari örtaça 0,6 foizga (+7 foiz) qimmatlaşgan.

«2026-yil may oyida import (bir kg uçun 5 000 sömdan 10 000 sömgaça bölgan oraliqda ösiş) va mahalliy (bir kg uçun 2 000 sömdan 7 000 sömgaça bölgan oraliqda ösiş) mol göşti narxlarida özgariş kuzatildi», deyiladi hisobotda.

Şu bilan birga, guruç va guruç oqşoği — örtaça 1,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -13,7 foiz)ga, tuxum — 0,1 foiz, parranda göşti —1,5-1,6 foiz oraliğida (+3,4 —+4,5 foiz), xom sut —0,8 foiz (+5,1 foiz)ga arzonlaşdi.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari dinamikasi mavsumiy omillar ta’sirida şakllangan. Asosiy meva–sabzavot mahsulotlaridan limon —19 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +86,6 foiz )ga, olma —2,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +24,8 foiz )ga, lavlagi—1,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +1,1 foiz)ga, sabzi —1,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -20,8 foiz) narxlari oşdi. Bodring — 39,5 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +41,6 foiz )ga, pomidor—34,7 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -17,2 foiz)ga, baqlajon—23,6 foiz (2025-yil may  oyiga nisbatan -27,3 foiz)ga, bulğor qalampiri —19,7 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +2 foiz)ga, sarimsoq —12,3 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -22 foiz)ga, banan — 4,1 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +5,8 foiz )ga, karam—3,5 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +1,2 foiz)ga, piyoz — 2,9 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -22,9 foiz)ga, kökatlar —1,4 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +1,8 foiz)ga va kartoşka narxlari—1,1 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +19,9 foizga) pasaygan.