“Sud-ekspertlik faoliyati töğrisida”gi qonunga muvofiq, sud ekspertizasini tayinlagan organ yoki mansabdor şaxs tadqiqotlarni ötkaziş va xulosa tayyorlaş uçun sud ekspertiga zarur bölgan tadqiqot obektlari hamda iş materiallarini taqdim etadi.

Şuningdek, ekspertiza uçun zarur namunalar sud ekspertizasini tayinlagan organ (şaxs) tomonidan olinadi va protsessual qonunçilikda belgilangan tartibda iş materiallariga ilova qilinadi.

Qonunga köra, sud ekspertizasini ötkazişning umumiy muddati 30 kalendar kun etib belgilangan.

Agar ekspertizani mazkur muddatda yakunlaş imkoni bölmasa, sud eksperti yoki sud-ekspertiza muassasasi muddat tugaşiga kamida 3 iş kuni qolganda bu haqda ekspertizani tayinlagan organ yoki şaxsni xabardor qilişi lozim. Şundan söng ekspertiza muddati tomonlarning kelişuviga köra uzaytirilişi mumkin.

Tadqiqotlar yakunlanganidan keyin sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi xulosa tayyorlaydi. Komissiya tarkibidagi har bir sud eksperti uşbu xulosani şaxsan imzolaşi şart.