Buyuk Britaniya qurolli kuçlari ilk bor Rossiya «yaşirin floti»ga mansub bölgan tankerni qölga oldi. Bu haqda boş vazir Kir Starmer hamda mamlakat mudofaa vazirligi xabar bergan.
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida bölgan uşbu kema La-Manş böğozi orqali ötişga uringanida töxtatilgan.
Qirollik floti kuçlari iştirokida tankerni qölga oliş böyiça amaliyot olti soat davom etgan. 14 iyun kuni tongida Buyuk Britaniya harbiylari, jumladan, Qirollik dengiz piyodalari kommandos bölinmasi Kamerun bayroği ostida suzayotgan «Smirtos» (Smyrtos) tankeri bortiga kötarilgan.
Hozirda tanker Angliya janubiy sohiliga olib borilgan va langar taşlagan. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi u bilan boğliq ravişda ekologik muammolar yoki xavfsizlikka tahdid yuzaga kelmasligini nazorat qilişini bildirgan.
Kir Starmer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maxsus topşiriqli bölinma jangçilari tomonidan olingan kadrlarni namoyiş etgan.
«Uşbu muvaffaqiyatli operatsiya Rossiya uçun navbatdagi zarba böladi va Putinning Ukrainadagi uruşini qöllab-quvvatlayotganlarga biz ularning yaşirinişiga yöl qöymasligimizni eslatadi», – degan Starmer.
«Yaşirin flot»ga mansub tankerlar ğarb sanksiyalarini aylanib ötgan holda Rossiya neftini taşiş bilan şuğullanadi. Yevropa mamlakatlari bunday kemalarni bir neça bor qölga olgan, ammo köp holatlarda kemalar tekşiruvlardan keyin qöyib yuborilgan.
Iyun oyi boşida Fransiya harbiy-dengiz kuçlari ham Atlantika okeanida Rossiya «yaşirin floti»ga aloqadorligi aytiladigan «Tagor» (Tagor) neft tankerini qölga olgandi. Tanker xalqaro sanksiyalar ostida bölgan.














