Hukumat qarori bilan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun “Ilğor muhandislik maktabi” milliy tanlovini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan maktablar har yili 1 yanvardan 1 fevralga qadar maxsus platformada röyxatdan ötadi hamda maktab terma jamoasi tarkibini belgilaydi.

Tanlov 3 bosqiçda ötkaziladi:

  • tuman bosqiçi – har yili 1 aprelgaça tumandagi maktab terma jamoalari örtasida;
  • hududiy bosqiç– har yili 1 iyulgaça tuman bosqiçida 1-örinni qölga kiritib, ğolib bölgan maktab terma jamoalari örtasida;
  • respublika bosqiçi – har yili 1 oktyabrgaça hududiy bosqiçda 1-örinni qölga kiritib, ğolib bölgan maktab terma jamoalari örtasida.

Tanlov ğoliblari quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan mukofotlanadi:

  • tuman (şahar) bosqiçida 1-örin – BHMning 200 baravari, 2-örin – BHMning 150 baravari, 3-örin – BHMning 100 baravari miqdorida;
  • hududiy bosqiçda 1-örin – BHMning 300 baravari, 2-örin – BHMning 250 baravari, 3-örin – BHMning 200 baravari miqdorida;
  • respublika bosqiçida 1-örin – BHMning 600 baravari, 2-örin – BHMning 450 baravari, 3-örin – BHMning 300 baravari miqdorida.