Tanlovda kundalik hayot, quriliş, sanoat, xizmat körsatiş, tibbiy-ijtimoiy soha va raqamli iqtisodiyot uçun zarur bölgan 10 ta kasb yönalişi qamrab olindi. Ular - tibbiy va ijtimoiy ğamxörlik, oşpazlik, quruq quriliş va suvoq işlari, elektromontaj, payvandlaş texnologiyasi, santexnika, moda texnologiyalari, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, sartaroşlik va kompyuter grafikasi.
Tanlovga qiziqiş ham yuqori böldi. “Raqamli mahalla” platformasi orqali 270 ming 518 nafar nomzod röyxatdan ötdi, ularning 124 ming nafardan ortiği dastlabki saralaşlarda iştirok etdi. Jarayon mamlakatdagi 9 mingdan ziyod mahallani qamrab oldi. Tuman va şahar, hududiy hamda respublika bosqiçlaridan iborat saralaş natijasida 700 nafar yoş respublika bosqiçiga yetib keldi.

Yakuniy natijalarga köra, har bir kasb yönalişida 2 nafar birinçi örin, 4 nafar ikkinçi örin va 6 nafar uçinçi örin sohibi aniqlandi. Şu tariqa, 10 ta yönaliş böyiça jami 120 nafar ğolib va sovrindor taqdirlandi. Ularning 20 nafari oltin, 40 nafari kumuş va 60 nafari bronza medal sohibi böldi.
Ğoliblarga medallar, sertifikatlar va bir martalik pul mukofotlarini tasdiqlovçi vauçerlar topşirildi. Nizomga muvofiq, birinçi örin sohibi - bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari, ikkinçi örin sohibi - 15 baravari, uçinçi örin sohibi - 10 baravari miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Tanlovning yana bir muhim jihati - ğolibni tayyorlagan ustoz mehnati ham alohida qadrlanişidir. Birinçi örin sohibi ustoziga 100 BHM, ikkinçi örin sohibi ustoziga 80 BHM, uçinçi örin sohibi ustoziga esa 60 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilangan.
“Yangi Özbekiston bunyodkorlari” tanlovining maqsadi faqat ğoliblarni aniqlab, mukofotlaş bilan çeklanmaydi. U yoşlarning kasb-hunarga qiziqişini oşiriş, örta böğin mutaxassislari örtasida soğlom raqobatni kuçaytiriş, kasbiy mahorat va amaliy mehnatni rağbatlantirişga qaratilgan. Tanlov yönalişlarining iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozoridagi real ehtiyojlar bilan boğlangani ham uning amaliy ahamiyatini oşiradi.

Respublika bosqiçi ğoliblari uçun keyingi imkoniyat xalqaro maydon bilan boğliq. Ular tegişli kasblar böyiça, jumladan “WorldSkills International” mutaxassislari iştirokida qöşimça tayyorgarlikdan ötadi. Xalqaro çempionatda iştirokçilar soni çeklangan taqdirda qöşimça saralaş ötkazilişi mumkin. “WorldSkills” çempionatida ğolib bölgan iştirokçiga esa 1 milliard 30 million söm miqdorida Prezident mukofoti beriladi.













