Soliq qömitasining harakatlari bir muhim savolni örtaga taşlaydi: uşbu ma’lumotlar banklardan soliq organlariga qanday tartibda va qanday huquqiy asos bilan taqdim etilmoqda?

“Bank siri töğrisida”gi qonunning 11-moddasiga köra, bank sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar soliq organlariga bank mijoziga soliq soliş masalalariga taalluqli hollarda qonunçilikka muvofiq taqdim etiladi.

Kalit ibora — “qonunçilikka muvofiq”. Qaysi qonunçilik? Qaysi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq? Qaysi tartib böyiça?

Aynan şu savolni huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qiliş — mazkur maqolaning mavzusidir.

Qabul qilinmagan tartib

Soliq kodeksining 134-moddasi 5-qismida: “Soliq organi tomonidan bankka sörov yuboriş şakli va tartibi hamda banklar tomonidan soliq organlarining sörovlariga köra axborot taqdim etiş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi” deb yozilgan.

Bu – qonun çiqaruvçi özi belgilab qöygan qoidadir. E’tibor bering, qonun çiqaruvçi (Oliy Majlis) bu masalada ikkita muhim qoidani örnatgan:

Birinçisi: banklar tomonidan soliq organlariga ma’lumot taqdim etiladi (134-moddaning umumiy majburiyati).

Ikkinçisi: bu qanday amalga oşirilişi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi (134-moddaning 5-qismi).

Demak, qonun çiqaruvçi özi bu masalaning muhimligini tan olgan va uni şunçaki texnik masala emas, balki alohida rasmiy tartibni talab qiladigan masala deb baholagan. Şu bois, u aniq tartibni özi yozmasdan, ijro hokimiyati – Vazirlar Mahkamasiga topşirgan.

Biroq Vazirlar Mahkamasining bunday qarori hozirgi vaqtgaça qabul qilinmagan.