World Boxing xalqaro boks federatsiyasi 2026 yilgi musobaqalar taqvimini e’lon qildi.
Unga köra, 2026 yilgi jahon kubogi final bosqiçi noyabr oyida Özbekistonda ötkaziladi.
Birinçi bosqiç aprel oyida Braziliyada bölib ötadi. Xitoy iyun oyida ikkinçi bosqiçga mezbonlik qiladi. Final bosqiçi noyabr oyida Özbekistonda bölib ötadi. Aniq sanalar va şaharlar keyinroq e’lon qilinadi.
Dastlabki musobaqalar taqvimiga U19 jahon çempionati ham kiritilgan, ammo ötkaziş joyi hali aniqlanmagan.
World Boxing – Xalqaro boks assotsiatsiyasidagi (IBA) köp yillik inqirozdan söng, Olimpiya (havaskor) boksini boşqariş uçun taşkil etilgan yangi xalqaro sport federatsiyasi. 2023 yil 13 aprelda taşkil etilgan bölib, ştab-kvartirasi Şveytsariyaning Lozanna şahrida joylaşgan.
2025 yilda XOQ World Boxing taşkilotiga vaqtinçalik (oraliq) tan oliş maqomini taqdim etdi, bu esa unga 2028 yilgi Olimpiya öyinlariga tayyorgarlik körişda iştirok etiş imkonini beradi.
Ikki yildan kamroq vaqt içida World Boxing 100 dan ortiq milliy federatsiyalarni, şu jumladan Özbekistonni ham birlaştirdi. A’zolik XOQ sport jarayonlarini boşqariş va halollik talablariga javob beradigan barça milliy taşkilotlar uçun oçiq.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, World Boxing faoliyati allaqaçon havaskor boks boşqaruvini yangilaşga, musobaqalar şaffofligini, sportçilar va murabbiylarning xalqaro tizimga bölgan işonçini oşirişga olib keldi.











