Lionel Messi jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi töpurar bölib oldi. Argentina milliy jamoasi hujumçisi JÇ-2026 guruh bosqiçidan örin olgan Avstriyaga qarşi öyinda mundiallardagi 17-golini urdi.

Bungaça u avstriyaliklar darvozasiga penaltini amalga oşira olmay, rekord örnatişni keçiktirgan edi.

Messi Germaniya milliy jamoasi sobiq hujumçisi Miroslav Klozening rekordini yangiladi. Kloze hisobida 16 ta gol bor edi.

Ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan futbolçilar orasida Messining eng yaqin ta’qibçisi Kilian Mbappe hisoblanadi. Fransiya milliy jamoasi sardorining mundiallardagi gollari soni 14 tani taşkil qilmoqda.

Jahon çempionatlarida eng köp gol urgan futbolçilar:

  • 17 - Lionel Messi (Argentina)

  • 16 - Miroslav Kloze (Germaniya)

  • 15 - Ronaldo (Braziliya)

  • 14 - Kilian Mbappe (Fransiya)

  • 14 - Gerd Myuller (Germaniya)

  • 13 - Jyust Fonten (Fransiya)