Raqobat qömitasi dori vositalari reklamalarida iste’molçilarni çalğitişi mumkin bölgan iboralardan foydalaniş holatlari kuzatilayotgani haqida ogohlantiriş bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, sönggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqatilayotgan ayrim dori vositalari reklamalarida «noyob», «eng samarali», «eng xavfsiz», «kafolatlangan natija», «eng işonçli vosita», «tez davolaydi», «nojöya ta’sirlari mavjud emas» va «samarasi isbotlangan» kabi iboralardan foydalanilyapti.

«Bunday ma’lumotlar iste’molçilarda dori vositasining xususiyatlari haqida notöğri tasavvur şakllantirişi, şifokor maslahatisiz özboşimçalik bilan davolanişga undaşi va soğliq uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Inson salomatligi bilan boğliq reklama iste’molçilarda şifokorga murojaat qiliş şart emas, degan fikrni şakllantirmasligi lozim», deyiladi qömita xabarida.

«Reklama töğrisida»gi qonunning 34-moddasiga muvofiq, dori vositalari reklamasida şifokor maslahatisiz mustaqil davolaniş mumkinligi haqida taassurot uyğotiş, olimlar, tibbiyot xodimlari yoki maşhur şaxslarning tavsiyalaridan foydalaniş, alohida şaxslarning minnatdorlik izhorlari va muvaffaqiyatli davolaniş holatlarini keltiriş taqiqlanadi.

Şuningdek, dori vositasini eng samarali, eng xavfsiz yoki noyob vosita sifatida taqdim etiş, uning ta’siri kafolatlangani haqida tasdiq beriş hamda boşqa dori vositalari bilan notöğri taqqoslaşlarga yöl qöyiş mumkin emas.

Qömita eslatişiça, retsepsiz beriladigan dori vositalari reklamasi qöllaş böyiça qarşi körsatmalar mavjudligi va mutaxassis maslahatini oliş zarurligi haqidagi ogohlantiriş bilan birga tarqatilişi şart.