Adliya vazirligi Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekşiruvlar ötkaziş faoliyatida «Xavfni tahlil etiş» elektron tizimini joriy etiş töğrisidagi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.
Nizomga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunçilik buzilişi xavfi avtomatlaştirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boşqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Şu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qöşimça hujjat yoki ma’lumotlar talab qilişga yöl qöyilmaydi.
Xavf darajasi iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, raqobat, reklama, davlat xaridlari, tovar-xomaşyo birjalari, şuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji hamda çakana savdosi sohalari böyiça belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Natijaga köra, tadbirkorlik sub’yektlari yuqori, örta va past xavf toifalariga ajratiladi. Yuqori va örta xavf toifasiga kiruvçi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekşiruvlar qonunçilik asosida taşkil etiladi.
Past xavf toifasiga kiruvçi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekşiruvlar ötkazilmaydi.
Ayni vaqtda, elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan töğridan töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos hisoblanmaydi.












