Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida markaziy kanalizatsiya quvuriga şikast yetdi. Kun.uz muxbiri hodisa joyidan xabar berdi. 

Ma’lum bölişiça, poytaxtning Şota Rustaveli köçasidagi obektda “Better Best” quriliş firmasi quruvçilari markaziy kanalizatsiya quvuriga jiddiy şikast yetkazgan. Şaharning 3 ta tumanidan keladigan oqova suvlar uşbu uzilib ketgan quvur orqali “Salar” suv tozalaş inşootiga quyiladigan bölgan.

“Özsuvta’minot” AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Dastlabki örganişlarga köra, quvurga juda yaqin joydan kotlovan qazilgan. Aslida, bir neça bor ogohlantirişlarga qaramay şart böyiça quvur köçirilmagan. Ya’ni, dastlab quvurni köçirib, keyin kotlovan qazilişi kerak bölgan.

Tuproqning öpirilişi oqibatida quvur ham uzilib ketgan. Hozirda katta hajmdagi quvurdan oqova suvlari çiqyapti. Buni bartaraf etiş böyiça çoralar körildi. Hozirda qöşimça kuçlar jalb etilgan”, deydi jamiyat vakili.

Surat 02

Uning qöşimça qilişiça, holatni uzoği bilan 10-12 soatda bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yöq.