IIV Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan Toşkent şahrida yirik tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda departament axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, tezkor tadbirda Yaşnobod tumanidagi biznes markazlarining birida onlayn qimor öyinlariga xizmat körsatuvçi guruh faoliyatiga çek qöyilgan. Uşbu guruh kompyuter texnologiyalari sohasida konsultatsiya xizmatlari körsatiş niqobi ostida faoliyat yuritgan. 

Guruh Özbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon, Bahrayn, Qatar, Quvayt va boşqa davlatlarning 60 mingga yaqin fuqarolarini onlayn qimor platformalariga jalb qiliş hamda ularda qatnaşiş şaroitlarini yaratib beriş xizmatlarini körsatib kelgan.

Screenshot_2

Bino içida bölimlar qatʼiy taqsimlangan: operatorlar, supervayzerlar, kassaçilar, hisobçi-analitiklar va menejerlar özlariga yuklatilgan vazifalarni maxfiy tarzda bajarib kelişgan. Mijozlarni jalb qilişda maxsus dasturiy taʼminot, şifrlangan aloqa va raqamli izlarni yaşiriş texnologiyalaridan foydalanilgan.

Maxsus operatsiya davomida binodan ulkan infratuzilma aşyoviy dalil sifatida xatlangan. Jumladan, server qurilmalari, kompyuter jamlanmalari, noutbuklar, mobil telefonlar, bank plastik kartalari, pul mablağlari va işga aloqador boşqa aşyoviy dalillar rasmiylaştirib olingan.

Screenshot_3

Şuningdek, uşbu tuzilma orqali oxirgi 6 oyda 4 mln dollar miqdorida pul mablağlari aylanmasi amalga oşirilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. 16 nafar şaxs bilan tezkor suriştiruv va tergov işlari olib borilgan. Guruhning 11 nafar aʼzosi protsessual tartibda uşlangan.

Qöşimça qilinişiça, jinoyatga bevosita aloqador, masofadan xizmat körsatuvçi şaxslar ham aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.