Hukumat qarori bilan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kiriş, olib çiqiş uçun sertifikat beriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, sertifikatdan faqat 1 marta foydalaniladi va uning amal qiliş muddati 1 yilni taşkil qiladi.
Giyohvandlik vositalarini olib kiriş, olib çiqişga ruxsat beriş uçun sertifikat oliş talablari va şartlariga quyidagilar kiradi:
ariza beruvçida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan boğliq faoliyatni amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyaning mavjudligi;
giyohvandlik vositalarini olib kiriş va olib çiqişda qonunçilikka majburiy rioya qilinişi;
sertifikatni oliş uçun taqdim etiladigan ma’lumotlarning işonçliligini ta’minlaş va boşqalar.
Arizani körib çiqiş va sertifikatni rasmiylaştiriş uçun BHMning 8 baravari miqdorida yiğim undiriladi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi arizani qabul qilingan kundan boşlab 30 iş kunidan ortiq bölmagan muddatda körib çiqib, sertifikat beradi yoki sertifikat berişni rad etadi.











