Hukumatning 2026 yil 2 iyuldagi 359-son qarori bilan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kiriş, olib çiqiş uçun sertifikat beriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni Özbekistonga olib kiriş va mamlakatdan olib çiqişda ruxsat beruvçi hujjat — sertifikatni rasmiylaştiriş tartibini belgilaydi. Uning asosiy maqsadi uşbu sohada davlat nazoratini kuçaytiriş va qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaşdan iborat.
Nizomga muvofiq, sertifikatdan faqat bir marta foydalaniş mumkin bölib, uning amal qiliş muddati bir yil etib belgilangan.
Sertifikat oliş uçun ariza beruvçida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan boğliq faoliyatni amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya mavjud bölişi, giyohvandlik vositalarini olib kiriş va olib çiqişda qonunçilik talablariga qat’iy rioya qilinişi hamda taqdim etiladigan ma’lumotlarning işonçliligi ta’minlangan bölişi lozim.
Arizani körib çiqiş va sertifikatni rasmiylaştiriş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 8 baravari miqdorida yiğim undiriladi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi arizalarni qabul qilingan kundan boşlab 30 iş kunidan keçiktirmasdan körib çiqadi hamda sertifikat beradi yoki uni berişni rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi.
Şuningdek, berilgan sertifikatlar reyestri “Lisenziya” axborot tizimida elektron şaklda yuritiladi. Har bir sertifikatga oid ma’lumotlar oçiq bölib, ulardan barça foydalanişi mumkin.











