Özini özi band qilgan şaxslarga ijtimoiy soliq tölaşni majburiy qiliş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Hozir 2,8 million nafar özini özi band qilgan fuqarodan 800 mingga yaqini ixtiyoriy ravişda soliq tölaydi. Pensiya jamğarmasiga bazaviy hisoblaş miqdorida (412 ming söm) tölov qilsa, ularga bir yillik iş staji avtomatik hisoblanadi. Mana şuni rağbatlantiriş maqsadida majburiy tartibda belgilaş tizimini joriy qilmoqçimiz», dedi u.

Unga köra, fuqarolarning tölagan pullaridan Ijtimoiy suğurta jamğarmasiga ajratmalar joriy qilinadi. Yangi tizimda kelgusida bola parvarişi yoki kasallik sabab nafaqa ta’tiliga çiqqanlarga nafaqa oliş imkoniyati yaratiladi.

«Davlat rahbari şu böyiça alohida topşiriqlar berdi, takliflarimizni ma’qulladi», dedi vazirlik rasmiysi.

Ta’kidlanişiça, hozir Pensiya jamğarmasidan moliyalaştiradigan pensionerlar soni 4,3 milliondan oşgan. Ularga 2026 yilda jami 86 trillion söm tölaş belgilangan. Bu jon boşiga oyiga örtaça 1,66 million sömdan töğri keladi.