Dunyo böylab tadqiqotçilar global haroratning kötarilişi davom etayotganini ta’kidlamoqda. 2026-yilda bir qator mamlakatlarda harorat rekordlari yangilandi. Ekstremal issiqlik Rossiyaning Arktika mintaqasida ham kuzatildi.

Rossiya Arktika zonasidagi Olenyok qişloğida joylaşgan meteostansiya ma’lumotlariga köra, iyul oxiri va avgust boşlarida havo harorati muntazam ravişda +30 daraja atrofida bölgan.

1-avgust kuni Olenyokda harorat +32,7 darajaga yetgan. Bu mazkur hudud uçun belgilangan iqlim me’yoridan taxminan 10 daraja yuqori.

Şunga qaramay, bu Olenyok tarixidagi mutlaq harorat rekordi emas. U yerdagi eng yuqori körsatkiç 1936-yil iyulida qayd etilgan bölib, öşanda havo harorati +35,7 darajaga çiqqan.

Avgust oyi rekordi yangilandi

Qutb doirasidan biroz janubda joylaşgan Şelagonsi meteorologiya stansiyasida esa 1-avgust kuni +33,9 daraja harorat qayd etilgan.

Bu stansiya uçun avgust oyidagi yangi rekord hisoblanadi. Qayd etilgan harorat iqlim me’yoridan 9,3 daraja yuqori bölgan.

Biroq Şelagonsida ham mutlaq rekord hali yangilanmagan. 2011-yil 15-iyul kuni bu yerda havo harorati +35,5 darajaga yetgan edi.

Nega Arktika tezroq isimoqda?

Meteorolog Alan Jerardning ta’kidlaşiça, Arktikadagi harorat sayyoraning qolgan qismiga nisbatan ança tez kötarilmoqda.

Bu jarayonda Arktika muzlarining erişi muhim rol öynaydi. Muz va qor quyoş nurlarining katta qismini qayta aks ettiradi. Muz maydoni qisqarganda esa qoronğiroq okean yuzasi oçilib, quyoş energiyasini köproq yuta boşlaydi.

Natijada okean suvi köproq isiydi va bu öz navbatida dengiz muzlarining yanada tez erişiga olib keladi. Ya’ni isiş va muzlarning yöqolişi bir-birini kuçaytiruvçi jarayonga aylanadi.

Iqlimşunoslar bahosiga köra, Arktika hozir dunyoning boşqa qismiga nisbatan taxminan tört barobar tez isimoqda.

2027-yil yanada issiq bölişi mumkin

Alan Jerard yaqin vaqt içida haroratning kötarilişi davom etişi mumkinligini ham ta’kidlagan. U buni yaqinlaşayotgan El-Nino iqlim hodisasi bilan boğlamoqda.