Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Ğijduvon tumanida yaşovçi tadbirkorga tegişli dorixona, xonadon va avtotransport vositasi közdan keçirildi.
Tekşiruv davomida tadbirkor öz uyida yaşirin sex taşkil qilib, dori vositalariga tegişli yorliq va yöriqnomalarni özgartiriş orqali qalbaki mahsulotlar tayyorlab kelgani aniqlandi. Tezkor tadbirda 111 turdagi jami 25 716 dona dori vositalari, böş quti va yorliqlar, yöriqnomalar hamda boşqa vositalar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

«Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi xulosasiga köra, musodara qilingan dorilarning 30 turi davlat reyestrida qayd etilmagan, yana 50 turi uçun esa muvofiqlik sertifikati rasmiylaştirilmagan.
Ğijduvon tumanida ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda farmatsevtika faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbari davlat reyestrida qayd etilmagan va sifat sertifikatiga ega bölmagan 16 dona «Oktagam» dori vositasini xaridorga 5 600 AQŞ dollariga sotgan vaqtida uşlandi. Şuningdek, unga tegişli dorixonadan sifat sertifikati mavjud bölmagan 109 turdagi jami 32 094 dona dori vositalari hujjatlaştirib olindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida ham şunga öxşaş qonunbuziliş holati aniqlandi. DXXning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi xodimlari bojxona organlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda Nukus tumanida yaşovçi 1989 yilda tuğilgan fuqaro öz xonadonida noqonuniy omborxona taşkil qilgani ma’lum böldi.
Uşbu manzildan 65 turdagi jami 12 958 dona dori vositalari hamda ularni qadoqlaşda foydalaniladigan 2 410 dona ştrix-kod va etiketkalar aşyoviy dalil sifatida olindi. Mutaxassislar xulosasiga köra, mazkur dori vositalari belgilangan saqlaş talablariga rioya etilmagan holda saqlangan bölib, ularning 16 turining yaroqlilik muddati ham tugagan.
Hozirda uşbu uçala holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











