Ma’lum qilinişiça, «Aviayuklar» taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Xitoydan keltirilgan 21 tonnadan ziyod oğirlikdagi «Efba» nomli osma dori vositasi bojxona körigidan ötkazilgan.

Tekşiruv davomida bojxona yuk deklaratsiyasida mazkur dori Hindistonda işlab çiqarilgani körsatilgan bölsa-da, uning qadoği va yorliqlarida işlab çiqaruvçi davlat va korxona haqida heç qanday ma’lumot mavjud emasligi aniqlangan. Şuningdek, dori idişidagi xitoyça yozuvlar ham mahsulot Hindistonda emas, boşqa davlatda işlab çiqarilganini körsatgan.

Tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, importçilar Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazidan muvofiqlik sertifikatini oliş uçun «Efba» dori vositasining Hindistonda işlab çiqarilgan asl namunasini taqdim etgan. Keyin esa uşbu sertifikatdan foydalanib, katta hajmdagi kontrafakt mahsulotni mamlakatga olib kirişga uringan.

Mutasaddilarning qayd etişiça, agar uşbu sxema foş etilmaganida, 160 ming qutidan ortiq qalbaki dori vositasi içki bozorga çiqarilib, aholi salomatligiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkin edi. Çunki «Efba» tarkibidagi levofloksatsin kuçli ftorxinolon guruhiga mansub antibiotik hisoblanadi.

Hozirda mazkur dori vositalari vaqtinça saqlovga olingan, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.